Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Bill Berns “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinga maslahat berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

Bernsning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin isyon sababli “Vagner” rahbariga nisbatan qanday chora ko‘rish bo‘yicha vaqtdan yutmoqda. Berns so‘nggi isyon Putinning hokimiyat tizimidagi “jiddiy zaif tomonlarini fosh qilgani” va u hali ham “Prigojindan o‘ch olishi” mumkinligini bildirdi.

“Biz ko‘rayotgan narsa juda murakkab raqs”, — deya u bunga izoh berdi.

Berns “Vagner” Afrika, Liviya va Suriya kabi mamlakatlarda Rossiya rahbariyati uchun hamon qadrli ekanini, Putin “Vagner”ni rahbaridan ajratishga harakat qilishi mumkinligini aytdi. 

“Putin — qasosni sovuq holatda berish yaxshi deb hisoblaydigan odam. Shaxsiy tajribamga ko‘ra, u qasos olishning tarafdori, shuning uchun Prigojin keyingi jazodan qutulib qolsa, hayron bo‘laman”, — dedi Berns.

Shuningdek, u Baydenning Prigojin ovqatini yeyishdan oldin uni tekshirib ko‘rishi kerakligi haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi. 

“Agar men Prigojinning o‘rnida bo‘lsam, degustatorimni ishdan bo‘shatmagan bo‘lardim”, — dedi Berns.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »