Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Belarusga kelgan yollanma askarlarga murojaat qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Prigojin murojaatida ular munosib kurashgani va “Rossiya uchun ko‘p ish qilganini” ta’kidladi.

“Hozir frontda sodir bo‘layotgan voqealar sharmandalik, unda ishtirok etishimiz shart emas. O‘zimizni to‘liq isbotlay oladigan vaqtni kuting. Shuning uchun Belarusda bir muddat bo‘lishga qaror qilindi”, — deydi Prigojin.

Shuningdek, u “Vagner” Belarus armiyasini “dunyoning ikkinchi armiyasiga aylantirishi, agar kerak bo‘lsa, ularni himoya qilishini bildirdi. Prigojin yollanma askarlardan belaruslar ularni “nafaqat qahramonlar, balki aka-uka” sifatida ham kutib olishganiga e’tibor qaratishni so‘radi.

“Do‘konlardagi mahalliy qizlar vagnerchilar kelgani haqida pichirlamoqda. Ammo ehtiyot bo‘ling, ulardan hech birini xafa qilmaslik kerak. Shuning uchun biz ham ularga birodarday munosabatda bo‘lamiz”, — dedi “Vagner” rahbari.

U “vagnerchilar”ni tayyor bo‘lishga, “darajasini” oshirishga va “yangi yo‘lga, Afrikaga” chaqirdi.

“Ehtimol, biz o‘zimizni va tajribamizni sharmanda qilishga majbur bo‘lmasligimizga amin bo‘lgan payt maxsus harbiy operatsiya zonasiga qaytamiz”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »