Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden “Vagner” yollanma askarlari guruhi rahbari Yevgeniy Prigojinga ovqatdan zaharlanishdan ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi. Bu haqda Amerika yetakchisi 13-iyul kuni Finlyandiyada Shimoliy Yevropa yetakchilari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Foto: AP Photo

Shu bilan birga, u Prigojinning qayerda va qanday holatda ekanini hozircha hech kim aniq bilmasligiga e’tibor qaratdi.

“Ha, uning nima qila olishi faqat Xudoga ayon. Biz uning qayerda va qanday holatda ekanini ham bilmaymiz, men uning o‘rnida bo‘lsam, yeydigan ovqatimga ehtiyot bo‘lardim, tushlikka taklif qilishgan narsalarini sinchiklab o‘rganardim. Qisqasi: men bilmayman, hech kim bilmaydi”, — dedi Jo Bayden.

23-iyun kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin harbiy isyon e’lon qildi, bu bir kun davom etdi. Isyonchilar Rossiya poytaxti tomonga bir necha yuz kilometr yurdi, ammo 24-iyun kuni kechqurun Prigojin ortga qaytishni ma’lum qildi.

Bu qaror Prigojin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qabul qilingan, unda Prigojindan “Belarusga ketish” so‘ralgan.

6-iyul kuni Lukashenko Prigojin Belarus hududida emas, Sankt-Peterburgda ekanini aytdi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, 29-iyun kuni Prigojin va “Vagner” komandirlari Kremlga chaqirilgan, ular bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan uchrashgan.

Putin jurnalistlarga uchrashuv tafsilotlarini aytib berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »