Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

27-iyul kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada Afg‘oniston bo‘yicha C5+1 maxsus forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari ishtirok etdi.

Foto: Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Ular Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat va uning mintaqaga ta’siri yuzasidan fikr almashdi. Jumladan, ishtirokchilar mintaqadagi barcha mamlakatlar terrorizmdan xoli, aholisi, jumladan, ayollar va qizlar huquqlarini hurmat qiladigan, o‘zi va qo‘shnilari bilan tinchlikda bo‘lgan inklyuziv, birlashgan, suveren Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

Bundan tashqari quyidagilar bo‘yicha qo‘shma bayonot berildi:

  • Afg‘oniston hududidan terrorizm va ekstremizmni boshqa davlatlarga nisbatan qo‘llashda baza sifatida foydalanishning oldini olish;
  • Odam, qurol-yarog‘ va noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish;
  • Afg‘onistondagi gumanitar va iqtisodiy sharoitning og‘irligi xalqaro hamjamiyatdan qat’iy javobni talab qiladi. Insonparvarlik tashkilotlari barcha muhtoj afg‘onlarga yordam berishi kerak;
  • Iqtisodiy barkamol va tinch Afg‘oniston maqsadiga faqat barcha afg‘onlar, diniy ozchiliklarga mansub bo‘lganlar teng huquqli va konstruktiv ishtirok eta olsagina erishish mumkin;
  • Afg‘oniston ichida va tashqarisida harakatlanish erkinligini qo‘llab-quvvatlash, sayohat hujjatlari va vizaga ega afg‘onlarga erkin sayohat qilish huquqini berish;
  • Energetika infratuzilmasini qurish va Afg‘oniston orqali Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi transport tarmoqlarini kengaytirish orqali mintaqaviy aloqa va tranzit savdosini rivojlantirishga ko‘maklashish.

Shuningdek, tomonlar 2023-yilda Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirishning sezilarli darajada qisqarganini olqishlagan, biroq Afg‘onistonda afyun eksporti va sintetik narkotiklar ishlab chiqarilishi davom etayotgani ta’kidlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »