Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘onada ohak ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi natijasida tizimga 1 milliard so‘mlikdan ziyod zarar keltirilgani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va “Hududgazta’minot” AJ bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A. tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

O‘rganish davomida fuqaro T.A. o‘ziga qarashli ohak ishlab chiqarish sexining 1 dona ohak xumdonida 18 ta nostandart gaz yondirgichlar orqali o‘sha hududdan o‘tuvchi yer osti gaz quvuriga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 1 milliard 54 million so‘mlikni tashkil qilgan.

“Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi”, — deyiladi xabarda.

Ohak sexlarining noqonuniy faoliyati

  • Bir necha kun oldin Farg‘onada ohak sexini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 168,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani shaxs aniqlangan edi.
  • Shuningdek, Namangan shahrida ohak pishirish xo‘jaligi 4 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani
  • Jizzaxda ohak ishlab chiqarish sexi 330 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »