Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina armiyasi mamlakat janubidagi ikkita asosiy frontda “taktik jihatdan muhim” muvaffaqiyatga erishdi, deb yozmoqda The New York Times tahlilchilar, ukrainalik rasmiylar va rossiyalik harbiy blogerlarga tayanib.

Foto: Facebook

NYT maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Berdyansk va Melitopol yo‘nalishidagi 16-20 kilometrlik hududni o‘z nazoratiga olgan. Qayd etilishicha, Ukraina janubidagi kampaniyada minglab askarlar, jumladan, eng tajribali dengiz piyodalari ham qatnashmoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, Ukraina qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi vayron qilingan Staromayorskoye qishlog‘i hududida o‘rnashib turibdi, qishloq ozod qilingani haqida iyul oxirida ma’lum bo‘lgandi. Ukraina Qurolli kuchlari u yerdan Rossiya qo‘shinlarining mustahkamlangan hududi — Mokriye Yali daryosi bo‘yida joylashgan Urojaynoye qishlog‘i tomon harakatlanmoqda.

The New York Times ta’kidlaganidek, agar Ukraina armiyasi Urojaynoyeni yorib o‘ta olsa, ular rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Azov dengizidagi ikki yirik port shaharlar — Berdyansk va Mariupoldan 50 milya (80 kilometr) uzoqlikka kelib joylashadi.

Ukrainadagi janglarning borishi haqidagi onlayn xaritani yurituvchi DeepState ukrain tahlilchilari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari Urojaynoye qishlog‘ining katta qismini ozod qilgan. 13-avgustga o‘tar kechasi tahlilchilar qishloqning janubiy qismida janglar davom etgani haqida xabar berdi. Zaporojye viloyatining anneksiya qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan “maʼmuriyat” vakili Vladimir Rogovning aytishicha, Ukraina harbiylari Urojaynoye shimolida o‘z pozitsiyasini o‘rnatgan.

13-avgust kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya qo‘shinlarining “Urojaynoyeda boy berilgan pozitsiyasini tiklashga urinishi muvaffaqiyatsiz kechgan”ini xabar qildi.

14-avgust kuni Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar qishloqda ukrainalik harbiylar “muayyan muvaffaqiyatga erishgani” haqida gapirdi.

“Bu hafta Urojaynoye qishlog‘ida janglar davom etdi, u yerda muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi”, — dedi Malyar brifingda.

Ukraina armiyasi 8-avgust kuni Urojaynoyega hal qiluvchi hujumni boshlagandi. Qishloqni ozod qilish rus qo‘shinlarini janubga, Staromlinovka yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi mudofaa chizig‘iga chekinishga majbur qilishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »