Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumning uchinchi bosqichini boshladi. Ukraina Zaporojye viloyatidagi Rabotino aholi punkti hududida oldinga siljish uchun armiya zaxirasidagi 10-korpusni jalb qildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: arxiv / azov.pro

Rabotino ukrainalik harbiylar uchun Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishda katta ahamiyatga ega. Shu tariqa Rabotinodan Rossiyaning asosiy mudofaa chizig‘iga taxminan 19 kilometr qoladi. Nashr Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumining uchinchi bosqichi boshlanganini ta’kidlamoqda. 

“Hujumning birinchi bosqichi iyun oyida, Ukraina Qurolli kuchlarining G‘arb texnikasi bilan qurollangan 9-armiya korpusi Rossiyaning mustahkamlangan mudofaasi bilan to‘qnashganida boshlandi va faqat cheklangan muvaffaqiyatga erisha oldi”, — deyiladi xabarda.

Keyingi bosqich asosan piyoda qo‘shinlarining hujumlaridan iborat bo‘lib, Ukraina assimetrik urush usullaridan foydalangan holda (ya’ni Rossiya armiyasining kamchiliklaridan foydalanib) ruslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘lishga harakat qildi. Biroq bu ham sezilarli taraqqiyotga olib kelmadi.

“O‘tgan hafta Ukraina Qurolli kuchlari 10-armiya korpusini tanklar va zirhli texnikalar yordamida jang maydoniga yuborishga qaror qildi, bu esa jangovar harakatlarning keskin kuchayishiga olib keldi”, — deyiladi xabarda.

Frontga tashrif buyurgan harbiy tahlilchi Rob Liga ko‘ra, “urushning so‘nggi haftasi muhim, chunki Ukraina o‘z qo‘shinlarining ikkinchi eshelonidan ko‘proq foydalanishga qaror qildi.

“Rossiya kuchlari yetarlicha talafot ko‘rgani yoki yo‘qligi hozircha aniq emas. Ushbu bosqichda biz kutamiz va kuzatamiz”, — dedi tahlilchi.

Nashr jurnalistlari bilan suhbatlashgan ukrainalik harbiylardan biri bo‘layotgan voqealarni sekin va charchatuvchi ilgarilash deb ta’rifladi.

“Biz doimiy ravishda Rabotinoda o‘z o‘rnimizni egallashga va bir qator to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qilamiz. Bizning artilleriyamizga zarba berishda dronlardan foydalanayotgan rus qo‘shinlari uchun ob-havo sharoiti qulay”, — deya ta’kidladi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »