Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Baydenning kuzda Vyetnamga tashrifi ortidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham mazkur davlatga tashrifni rejalashtirayotganini bildirdi. Bu haqda Fulcrum xabar berdi.

Foto: AFP

Bayden o‘tgan hafta “tez orada” Vyetnamga borishini aytdi, biroq sanasiga aniqlik kiritmadi. Uning safari katta ehtimol bilan sentabr oyida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti (9—10-sentabr) munosabati bilan bo‘lib o‘tadi.

AQSH rahbari tashrifi mamlakatning Vyetnam bilan munosabatni mustahkamlashga katta ahamiyat berayotganini bildiradi. Shu bilan birga, Putin 2023-yil oxirigacha Vyetnamga tashrif buyurishga ham qiziqish bildirgan. 

“Bu esa mamlakatni qiyin dilemmaga solib qo‘yadi, chunki bir tomondan Bayden va Putinning tashrifi Vyetnamga muvozanatli tashqi siyosat olib borayotganini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, Rossiyaning Ukrainaga hujumi sababli Vyetnam Putinning tashrifini butun dunyoga, ayniqsa, G‘arbga qanday tushuntirishi haqida o‘ylashi kerak”, — deyiladi xabarda.

Agar Putin Vyetnamga borsa, bu juda ahamiyatli bo‘ladi, chunki u bosqindan keyin sobiq sovet respublikalari va Erondan, shuningdek, Turkiyaga bo‘lajak tashrifdan tashqari deyarli hech qanday xalqaro tashrifni amalga oshirmagan.

Buning sabablaridan biri Xalqaro jinoiy sud (XJS) Putinni hibsga olish uchun order bergan, XJSga a’zo davlatlar esa Rossiya prezidenti mamlakatiga kelsa, uni qo‘lga olishi kerak.

Putin Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Bir makon, bir yo‘l” forumida ishtirok etganidan keyin Vyetnamga borishi mumkin. Bu ikki sababga ko‘ra mantiqiy bo‘ladi.

“Birinchidan, Rossiya G‘arbning uni xalqaro miqyosda yakkalab qo‘yishga urinishlari barbod bo‘lganini daʼvo qilishi mumkin. Ikkinchidan, Moskva Kremlning 2011-yilda e’lon qilingan sharqqa burilishi nafaqat Xitoyga, balki Janubi-Sharqiy Osiyoga ham yo‘naltirilgani bo‘yicha bahslashishi mumkin. Eng muhimi, Xitoy ham, Vyetnam ham XJS a’zosi emas”, — deyiladi xabarda.

Vyetnam rahbariyati Putinning tashrifidan xursand bo‘ladimi, degan savol ochiq qolmoqda. Nashrning qayd etishicha, Rossiya Vyetnamning eski do‘sti va Putinning o‘zi Vyetnamda nihoyatda mashhur bo‘lsa-da, bu davlat Rossiya manfaati uchun o‘z milliy manfaatlarini qurbon qilmoqchi emas.

Mavzuga doir
Izoh

Мўсинжон Матмусаев

14.08.2023, 21:13

Зўравонлик билан ўз айбини хас-пўшламоқчи бўлишади, бундан ташқари зўрлик ишлатиш учун ундайлар кимларгадир ишонади. Шунинг учун у зўравонга ва у ишонган шахсга ҳам кескин чора кўриш керак.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »