Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda N. ismli shaxs M.A. ismli qizning shaxsiy foto va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 400 dollarni talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-3-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bundan oldin IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Telegram da “Hello Tashkent, salam Tashkent” nomli kanal va guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi video tasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlanib, qo‘lga olingandi.

O‘zbekistonda o‘zganing yalang‘och foto yoki videolarini tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun javobgarlik qanday?

Prezident tomonidan 11-aprel kuni “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.

Qonun bilan intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, ya’ni Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 141-3-modda bilan to‘ldirilgan:

“Shaxsning roziligisiz uning tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto yoki videotasvirini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoki bunday ma’lumotlarni tarqatish bilan qo‘rqitish — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 million so‘mdan 180 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa.

360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »