Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” tufayli pichoqlab ketildi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Voqea 13-avgust kuni soat 20:00 atrofida Xudojnikov shoh ko‘chasidagi do‘konda sodir bo‘lgan. Meva-sabzavot sotuvchi 46 yoshli o‘zbekistonlikning oldiga noma’lum erkak kelib, tarvuzning narxini tushirishni so‘ragan. Rad javobini olgan xaridor pichoqni olib, sotuvchiga urgan.

Jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘ida pichoq sanchilgan jarohat bilan 3-shahar shifoxonasiga yetkazilgan. U hujumchini 40 yoshlar atrofidagi, oq sochli erkak deb, tasvirlab berdi. Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Avvalroq Sankt-Peterburgning Petrogradskiy tuman sudi harbiy komissariyatga (voyenkomat) o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan 24 yoshli o‘zbekistonlik yigitni hibsga olgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »