Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tergov qo‘mitasi 35 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Maxachqal’adagi portlash tez yonuvchi agrokimyoviy moddalarni saqlash qoidalari buzilgani sabab sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Foto: Videodan kadr

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, yong‘in avtoservisda boshlangan, shundan so‘ng u yonuvchi o‘g‘it saqlangan qo‘shni xonaga o‘tgan. Keyin kuchli portlash sodir bo‘lgan va alanga yaqin atrofdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasiga tarqalgan.

“RBK” muxbiri portlash joyida qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatiladigan ammiakli selitra qoplari topilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Mash Telegram kanali mahalliy aholiga tayanib, portlash selitra omborida yuz berganini yozgandi.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning aytishicha, portlashga xavfsizlik choralariga e’tibor bermagan odamlarning “tamagirligi va ochko‘zligi” sabab bo‘lgan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi yaqinida xizmat ko‘rsatish stansiyasini joylashtirish mumkin emas.

Maxachqal’ada portlash: O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘ldi

Maxachqal’adagi portlash 14-avgust kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Oqibatda 35 kishi halok bo‘ldi, 80 ga yaqin odam yaralandi. Qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aytilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dog‘istonda motam e’lon qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »