Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya KXDR tahdidi tufayli Yaponiya va AQSH bilan yadro hamda raketa ma’lumotlarini yaqindan almashishga harakat qilishi kerak. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol shunday chaqiriq bilan chiqdi, deb yozmoqda Nikkei Asia.

Foto: Reuters

Yun Sok Yol Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSH umumiy qadriyatlarga ega ekanini ta’kidlab, ushbu mamlakatlar yadroviy qurolga egalik qiluvchi Shimoliy Koreyaning tahdidiga qarshi kurashish uchun birgalikda ish olib borishi zarurligini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, u Seulning sezilarli darajada rivojlanishi va farovonlikka erishishida Vashington bilan yaqinlikning rolini ham qayd etdi.

Xabarga ko‘ra, mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhokamasi shu hafta o‘tkaziladigan uch tomonlama sammit kun tartibiga kiritilishi mumkin. Yadro va raketa qurollari almashinuvining amalga oshirilishi Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning sezilarli darajada kuchayishini ko‘rsatadi, deyiladi maqolada.

Avvalroq Janubiy Koreya mudofaa vaziri qurol-yarog‘ bo‘yicha hamkorlikni oshirish uchun O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »