Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Alkes Research — bu turli xil xizmatlarni, shu jumladan, brokerlik va aktivlarni boshqarishni taklif qiluvchi yangi investitsiya konsalting kompaniyasi. Jamoa ham mahalliy, ham xalqaro kompaniyalarda tajribaga ega, shuningdek, kompaniya O‘zbekistonning eng likvidli qimmatli qog‘ozlarini kuzatib boruvchi EQRE Blue indeksiga egalik qiladi.

Alkes Research investitsiya banki direktori Behruzbek Ochilov “Daryo”ga bergan eksklyuziv intervyusida O‘zbekistonda kapital bozori, IPO, xususiylashtirish va bozor likvidligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi.

Behruzbek Ochilov “Daryo” muxbiri Toni Krugerga eksklyuziv intervyu berdi
Foto: “Daryo”
Korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi joylashtirish — IPO, ikkilamchi joylashtirish — SPO

Ochilov mamlakatning IPO o‘tkazish tajribasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi va birinchi xalq IPO si degan tushunchaga tuzatish kiritdi.

“Bu aslida, birinchisi emas; O‘zbekistonda allaqachon bir necha IPO va SPO o‘tkazganmiz. Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasini ham IPO qilganmiz, u O‘zbekistonda birinchi xalq IPO si sifatida tanilgan”, — dedi u.

UzAuto Motors IPO sining ijobiy ta’sirini muhokama qilar ekan, Ochilov mazkur IPO investorlarning brokerlik hisoblarini ochish uchun onlayn autentifikatsiya oynasini ochib berganini aytdi.

UzAuto Motors aksiyalari umumiy qiymati bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik IPO ni muvaffaqiyatli o‘tkazgan
Foto: UzAuto Motors

Shuningdek, u IPO jarayoni rivojlanganini va bozor avvalgi yillarga nisbatan “kamida 10 barobar” likvidroq ekanini ta’kidladi.

Ochilov bozordagi bitimlarning aqlbovar qilmas darajada yaxshilanganini qayd etdi:

 “Toshkent fond birjasi veb-saytining bozor maʼlumotlari bo‘limiga qarab, bir qancha bitimlarni ko‘rib chiqsangiz, 2017-yilda kuniga 10 tadan kam yoki 10 ta bitim tuzilganini ko‘rasiz. Hozir esa har kuni taxminan 1000—2000 ta tranzaksiya bo‘lyapti”.
Toshkent fond birjasining kunlik savdo statistikasida 2000 ga yaqin bitimlarni ko‘rish mumkin
Foto: Toshkent fond birjasi

U, shuningdek, diversifikatsiya va xususiylashtirish yanada ko‘proq odamlarni jalb qilish kaliti ekanini ta’kidladi.

“Odamlarni jalb qilish uchun, birinchi navbatda, ularga eshiklarni kattaroq ochish, joyni kengaytirish, ko‘rgazmaga ko‘proq narsalarni qo‘yish, shuningdek, mahsulot turini ko‘paytirish kerak”, — deydi Ochilov.

O‘zbekistonga xorijiy qiziqishlar haqida so‘ralganda, Ochilov geografik qiziqishdan, xarid qilishga o‘tilganini aytdi.

Afg‘oniston, Xitoy va Rossiyaga geografik yaqinligi tufayli O‘zbekiston AQSHning strategik hamkori bo‘lgan.
Foto: “Daryo”

Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu moliya tizimi rivojlanmagan bozor, demak, bu yerda imkoniyatlar ko‘p”.

Investitsiyalar va monopoliya mavzusida u quyidagilarni tushuntirdi:

“Hozir O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan yagona monopoliyalar — bu tabiiy ravishda shakllangan monopoliyalar yoki shu sohada biznesni boshlash qiyin bo‘lgan tarmoqlar”.

Ochilov, shuningdek, Kapital bozori orqali pul yig‘ish “startaplar uchun emas”, balki yirik kompaniyalar uchun istiqbolli bo‘lishi mumkinligini aytdi, ammo ular uchun ham uzoq davom etmasligini qo‘shimcha qildi.

Korzinka – O‘zbekistondagi eng yirik mahalliy riteylerlardan biri
Foto: Korzinka

Ochilov hozirda davlat qimmatli qog‘ozlar bozori juda yaxshi sur’atlarda rivojlanayotganini aytdi va uning O‘zbekiston ichida va undan tashqarida davlat obligatsiyalarini chiqarishdagi faol roliga urg‘u berdi.

Nihoyat O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida gapirar ekan, Ochilov yangi motivatsiyani O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar bilan bog‘ladi.

“O‘zbekiston 1994-yildan beri paxta sanoati yoki paxta xomashyosini eksport qiluvchidan Xizmat ko‘rsatish sohasiga ega bo‘lgan juda ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga aylanish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tdi”.

O‘zbekiston xorijiy investorlarni jalb qilishda Markaziy Osiyodagi qo‘shnilaridan nimasi bilan ajralib turadi?  

“Javob juda-juda oddiy. Qozog‘iston allaqachon zamonaviy moliya tizimiga o‘tishni boshdan kechirdi. O‘zbekiston ham bu yo‘ldan bormoqda. Bu jarayonni boshladi; boshqalar esa buni boshlamagan yoki boshlash haqida hatto o‘ylab ko‘rmagan. Demak, yagona tanlov shuki, transformatsiya shu yerda.

Jarayon davom etmoqda, hali to‘liq tugallanmagan. Shuning uchun ushbu imkoniyatdan foydalanib, muvaffaqiyatli poyezdga chiqib olishingiz mumkin. Demak, hozir ayni payti. Qozog‘istonda poyezd allaqachon o‘tib ketgan, boshqa mamlakatlarda bo‘lsa hali daragi ko‘rinmayapti”, — deb tushuntirdi Behruzbek Ochilov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »