Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning 1-sentabridan boshlab Qozog‘istondagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Bu haqda respublika ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Ak jayik”

Yuqoriroq sinflarda o‘qiyotgan kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun ham maktab ovqati bepul beriladi. Mamlakatda 1,5 milliondan ortiq shunday toifadagi aholi bor, bu 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar soniga teng.

Qozog‘istonda bepul oziq-ovqat bahosi o‘rtacha 577 tengeni (1,3 dollar), maksimal Olmaota shahrida 800 tenge(1,8 dollar)ni tashkil qiladi.

Bolalar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dana Maktayevaning ma’lum qilishicha, o‘tgan yillarda maktab o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash 56,6 foizni tashkil etgan. Bunday xizmat Ostona, Olmaota va Chimkent shaharlari, Pavlodar, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘anda, Ulitau, Qizilo‘rda va Atirau viloyatlari maktab o‘quvchilariga ko‘rsatilgan.

Avgust boshida O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istondagi maktablar boshlang‘ich sinflariga bepul ovqat tarqatish tizimi yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »