Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev NATO ofisining Ukraina o‘z hududining bir qismini Rossiyaga berishi evaziga alyansga aʼzo bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Medvedevga ko‘ra, Ukraina NATOga kirishi uchun hatto Kiyevning o‘zidan ham voz kechishi kerak.

“Shimoliy Atlantika alyansi ofisidan Ukraina uchun yangi g‘oya: Ukraina bahsli hududlardan voz kechsa, NATOga qo‘shilishi mumkin. Bu g‘oya qiziq. Savol shundaki, ularning barcha hududlari bahsli.
Blokka kirish uchun Ukraina hatto qadimgi rusning poytaxti Kiyevdan ham voz kechishi kerak. Ular poytaxtni Lvovga ko‘chirishga majbur bo‘ladi”, — deydi u.

Avvalroq NATO bosh kotibi ofisi rahbari Stian Yenssen Ukraina hududining bir qismini Rossiyaga o‘tkazish evaziga alyansga a’zo bo‘lishi mumkinligini rad etmagandi. U ayrim davlatlar Ukraina hududlarining bir qismini Rossiyaga berishi masalasini ko‘targanini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »