Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga asosan, pensiyalar ish stajiga ega shaxslarga tayinlanadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi eslatib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

“Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga yoshga doir nafaqa tayinlanadi”, — deyiladi manba xabarida

Hukumat qaroriga muvofiq, yoshga doir nafaqa ayollarga 60 yoshdan, erkaklarga 65 yoshdan tayinlanadi.

Joriy yilning 1-avgustidan boshlab zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 568 000 so‘m etib belgilangan.

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunda davlat pensiyalarining 3 ta turi borligi qayd etilgan.
Ular:

  • yoshga doir pensiya
  • nogironlik pensiyasi
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi.

Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Mavzuga doir
Izoh

Tursunboy Faxriddinov

16.08.2023, 14:53

Иш.стажи.кам.булса.пенсияга.чикадиган.вакт.хам.давлатга.пул.туласа.буладими.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »