Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Ishdagi ishq” filmidagi Lyudmila Prokofyevna va “Uch mushketyor”dagi Fransiya qirolichasi har bir kino ishqiboziga tanish, albatta.

  • Alisa Brunovnani Natasha deb atashlariga oz qolgan. Uning onasi Kseniya Fyodorovna qiziga shu ismni qo‘yishni xohlagan. Otasi va buvisi esa Alisa ismini qo‘yishga ko‘ndiradi, chunki bu otasining ismi va familiyasiga mos kelardi.
Foto: AdMe
  • Maktabda Alisa Mariya Prizvan-Sokolova boshchiligidagi teatr to‘garagiga qatnashadi. Taniqli aktrisa qizdagi iste’dodni payqab, unga aktyorlik mahoratini o‘rgatadi.
  • Aynan Mariya Aleksandrovna keyinchalik Freyndlixga teatr institutiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Tanlov komissiyasi oldida Alisa Nikolay Gogolning “O‘lik jonlar” she’ridan parcha o‘qib beradi va “Meni koyima, azizim” romansini kuylaydi. Va nihoyat unga talablik baxti nasib etadi.
  • O‘quv jarayonida bo‘lajak aktrisa institutdan haydalishiga oz qoladi, Alisa bir qancha muammolarga duch keladi. Biroq o‘qituvchisi Boris Zon uni olib qolish uchun harakat qiladi. Uning aralashuvi tufayli Freyndlix aktrisalik mahoratini oshirishda davom etadi. Institutni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Zon Freyndlixni viloyat va milliy ahamiyatga ega drama teatrlariga tavsiya qiladi.
Foto: AdMe
  • Keyinchalik Freyndlix ekran yulduziga aylangan bo‘lsa-da, o‘ttiz yoshga qadar kinoda faqat epizodlardagi rollarni o‘ynaganini ko‘pchilik bilmaydi. Filmlardagi ishtiroki bilan birga u teatrda ham porlaydi.
  • 1960-yillarda Freyndlixning teatr karyerasi cho‘qqiga chiqadi. Rejissor Igor Vladimirov bilan boshlangan ijodiy hamkorlik nikohga olib keladi. Alisa Brunovna “Lensovet” teatrining deyarli barcha spektakllarida o‘ynagan va Leningrad teatr muxlislari orasida juda mashhur edi. U ishtirok etgan “Bolakay va Karlson” spektakli ayniqsa kattalar va bolalar tomonidan sevib tomosha qilinadi.
  • Ishi yuzasidan Freyndlix deyarli bir oy poyezdma-poyezd yuradi. Aktrisa teatrdagi ishi bilan bir vaqtda “Ishdagi ishq” filmida ham suratga tushishi kerak edi. Natijada u har tunni Moskvadan Leningradga va yana ortga qaytadigan “Krasnaya strela” poyezdida o‘tkazadi. Alisa Freyndlixning eslashicha, Ryazanov bilan hamkorlik shunchalik yoqimli bo‘lganki, u bu qiyin davrni osongina yengib o‘tadi, ishidan charchamaydi.
Foto: AdMe
  • Bu Freyndlixning Ryazanov bilan hamkorlikdagi birinchi filmi emasdi. U “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling” filmida Nadya rolini o‘ynashi mumkin edi, ammo oxirgi daqiqada rol Barbara Brilskaga beriladi. Bundan tashqari, Freyndlix “Taqdir zigzagi”da ham o‘ynay olmaydi, chunki suratga olish paytida u homilador edi. Ammo “Ishdagi ishq” aktrisa karyerasida o‘z o‘rnini egallaydi va unga haqiqiy muvaffaqiyat keltiradi.
  • “D’Artanyan va uch mushketyor” filmidagi qirolicha Anna roli uchun Freyndlix uning roziligidan so‘ng darhol kastingsiz ma’qullanadi.
Foto: AdMe
  • Freindlixning qizi Varvara Vladimirova ham aktrisa. Ona va qiz bir sahnada – “Kaliforniya syuit” spektaklida birga rol o‘ynagan.
  • Freyndlix ko‘plab mukofotlar sohibi. U kino va teatr tomoshabinlarining turli avlodlari vakillari tomonidan tanilgan va e’tirof etilgan.
  • 2018-yilda Alisa Brunovna “Katta” filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun “Nika” mukofotiga sazovor bo‘ladi.
Foto: AdMe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »