Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Barbi” kinokartinasida bosh rolni ijro etgan aktrisa Margo Robbining loyihadagi gonorari ma’lum bo‘ldi. Film jahon prokatida 1 milliarddan ortiq mablag‘ to‘pladi, deb xabar bermoqda “News.ru” nashri.

Foto: “News.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa o‘z roli uchun 50 million dollar gonorar olgan. Shuningdek, rejissor va ssenariy muallifi Greta Gervig ham butun dunyo bo‘ylab “Barbi”ning ajoyib muvaffaqiyati tufayli qo‘shimcha bonuslar olishi mumkin. Robbi loyihada bosh rolni o‘ynash bilan birga, o‘zining Lucky Chap Entertainment kompaniyasi orqali uning prodyuserlik ishida ham ishtirok etgan.

“Barbi” kinokartinasi hozirgacha 1,18 milliard dollar ishlab topdi. Plastmassa qo‘g‘irchoq haqidagi film Warner Bros tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan film bo‘lishi mumkin, loyiha hozirda faqatgina “Garri Potter: Ajal tuhfasi”dan ortda turibdi. 

Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, iyul oyining ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘ylab prokatga chiqqan “Barbi” filmining prodyuserlari uning ikkinchi qismi ustida ish boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday qarorga filmning rekord darajada ko‘p mablag‘ topgani sabab bo‘lgan.

Barbi filmi haqida qisqacha

Umumiy 1,031 milliard dollar miqdoridagi daromaddan 459,4 million dollari Shimoliy Amerikadan, 572,1 million dollari esa xalqaro hududlardan to‘plangan.

“Barbi” loyihasi milliard dollarlik marraga erishishi uchun 17 kun kerak bo‘ldi. Rejissor Greta Gervig filmi jahon prokatida 1 milliard dollar ishlab topgan ilk ayol rejissorga aylandi. 2019-yilda Anna Boden va Rayan Flekning “Kapitan Marvel” filmi 1,1 milliard dollar daromad keltirgan edi.

“Barbi” sujeti ekzistensial inqirozni yengib o‘tgan mashhur Barbi qo‘g‘irchog‘i haqida hikoya qiladi. U Ken bilan birga haqiqiy dunyoga boradi, bu yerdagi hech bir narsa ideal bo‘lmaydi.

Shuningdek, filmda

  • Amerika Ferrera,
  • Maykl Sera,
  • Uill Ferrell,
  • Keyt Makkinnon,
  • Simu Lyu,
  • Shuti Gatva,
  • Emma Makki va boshqa aktyorlar rol o‘ynagan.

Gervig film ssenariysini Noa Baumbax (“Nikoh tarixi” filmi ssenariysi muallifi) bilan birga yozgan.

“Barbi”ning budjeti 145 million dollarni tashkil etdi. Hozircha loyihaning davomini suratga olish rejalashtirilmagan.

 

Ma’lumot uchun, “Barbi” filmiga raqobatchi bo‘lgan loyiha — “Oppengeymer” dunyo bo‘ylab 500 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »