Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda alimentni ixtiyoriy to‘lovchi fuqarolar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga oshdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, qarzdorlikni to‘lash istagi bo‘la turib, biroq ish o‘rniga ega bo‘lmagan 19 mingdan ortiq (shundan 2,7 mingtasi iyul oyida) aliment to‘lovchining ish bandligi masalasi hal etildi. Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1,2 trillion so‘mlik aliment pullari undirildi.

Shuningdek, 3,7 milliard so‘mlik (25 ta) uy-joy va 255 million so‘mlik (2 ta) transport vositasi aliment uchun oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlandi. Aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan 10,9 milliard so‘m pul mablag‘lari 781 nafar undiruvchi hisobiga o‘tkazib berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »