Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon”ga qarshi Afg‘oniston ozodlik fronti kuchlari Kobuldagi “Tolibon” lageriga hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Ularning bayonotida aytilishicha, toliblardan to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana olti kishi yarador qilingan.

Illyustrativ foto: Hasht e Subh Daily

Ozodlik fronti saytida aytilishicha, hujum 16-avgust kuni kechqurun Kobul shahrining 11-mavzesi “Panjshir Vat” hududida amalga oshirilgan. Hujumda yengil va og‘ir qurollar, jumladan raketalardan foydalanilgan.

Hozircha “Tolibon” rasmiylari hujum haqidagi ma’lumotlarga izoh bergani yo‘q.

12-avgustda ham ozodlik fronti Kobuldagi “Tolibon” lageriga hujum qilgani, harakatning besh a’zosini o‘ldirgani haqida xabar bergandi.

Afg‘oniston ozodlik fronti haqida

Ozodlik fronti “Tolibon” 2021-yilda Afg‘onistonni egallab olganidan olti oy o‘tib tuzilgan. Front aʼzolarining aksariyati sobiq afg‘on armiyasining askarlari. Ozodlik fronti Ahmad Mas’ud boshchiligidagi Milliy qarshilik fronti singari “Tolibon”ga qarshi harbiy hujumlar uyushtirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ozodlik frontini afg‘on yoshlari boshqaradi, uning tepasida birorta ham taniqli shaxs yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »