Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainadagi urush avj olganiga qaramay, Rossiya yanada boyidi, AQSH va Yevropa esa trillionlab dollar yo‘qotdi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Shveysariya bankining Global boylik hisobotiga ko‘ra, Rossiyaning umumiy boyligiga 600 milliard dollar qo‘shildi.

2022-yilda rossiyalik millionerlar soni ham qariyb 56 mingga oshib, 408 mingga yetdi, 50 million dollardan ortiq daromadga ega bo‘lganlar soni esa qariyb 4,5 mingga ko‘paydi.

Biroq o‘tgan yili AQSH boshqa mamlakatlarga qaraganda eng ko‘p yo‘qotishga (5,9 trillion dollar) uchradi, Shimoliy Amerika va Yevropa esa birgalikda 10,9 trillion dollarga kambag‘allashdi.

2022-yil oxiriga kelib amerikalik millionerlar soni 1 millionga kamaygan bo‘lsa-da, AQSH hali ham dunyodagi eng badavlat shaxslarning 50 foizidan ortig‘iga egalik qiladi.

“Rossiyaning farovonligi unga qarshi sanksiyalar, iqtisodning qisqarishi va Moskva aksiyalari narxi keskin tushishi fonida yuz berdi. Rossiyadagi boylik tendensiyalarini hozircha aniqlash qiyin, biroq bu uni 2022-yilda boyib ketgan kam sonli davlatlardan biri sifatida ajratib ko‘rsatdi.

Neft narxining ko‘tarilishi asosiy omillaridan biri bo‘lishi mumkin va tovar eksporti ham Rossiya uchun ahamiyatli. O‘tgan yili bir barrel Urals neftining narxi taxminan 7 dollarga ko‘tarilgan”, — deydi mutaxassislar.

2022-yilda Meksika, Hindiston va Braziliyada ham daromad o‘sishi kuzatilgan, AQSH, Yaponiya, Xitoy, Kanada va Avstraliya esa eng ko‘p boyliklarni yo‘qotgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »