Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya importiga cheklovlar oqibatida rublning qulashi, oxir-oqibat Rossiya prezidenti Vladimir Putinni urushni davom ettirish yoki iqtisodiyotini saqlab qolish o‘rtasida tanlov qilishga majburlaydi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: “glavred.info”

Nashrga ko‘ra, rublning zaiflashishi Rossiya iqtisodiyotiga bosimning eng yorqin belgilaridan biridir. Savdo nomutanosibligi sharoitida Rossiyaning katta xarajatlari natijasida rubl rivojlanayotgan bozorlarda keskin qadrsizlandi.

Iyul oyi holatiga ko‘ra, AQSHda Rossiyaga aloqador 3600 dan ortiq jismoniy, yuridik shaxslar, kema va samolyotlarga sanksiya qo‘yilgan. AQSH sanksiyalari qatorida Rossiyaning eng yirik 10 ta banki, harbiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va hukumat amaldorlari ham bor.

Yevropa Ittifoqi sanksiyalari soni esa 1800 dan oshdi. Rossiya markaziy bankining xorijdagi 300 milliard dollarga yaqin aktivlarini blokirovka qilish va neft embargosi ​​eng katta va muhim sanksiyalar qatoriga kiradi. Harbiy maqsadlarda foydalaniladigan texnologiyalarni eksport qilishda ham cheklovlar mavjud.

Qo‘shimcha sanksiyalar orasida aktivlarni muzlatish, bank, savdo cheklovlari va Rossiya jismoniy hamda yuridik shaxslariga nisbatan cheklovlar bor.

Rossiyaning iyul oyida neft daromadlari 2022-yilga nisbatan 41 foizga kamaydi. Joriy hisobning profitsiti 2023-yilning birinchi yetti oyida o‘tgan yilga nisbatan 140 milliard dollardan ko‘proqqa kamaydi.

AQSH va uning ittifoqchilari sanksiyalar va savdo cheklovlari uchinchi davlatlar orqali chetlanib o‘tilishini to‘xtatmoqchi. Ehtimoliy qadamlardan biri uchinchi davlatlarga, masalan, Turkiya yoki Xitoyda joylashgan kompaniyaga sanksiyalar ostidagi rossiyalik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan biznes qilgani uchun sanksiya kiritishdir.

Shimoliy Koreya va Eron misolida AQSH shunday qildi. Rossiyaga kelsak, ikkilamchi sanksiyalar AQSH va Hindiston kabi do‘st davlatlar o‘rtasida ziddiyatga olib kelishi va Xitoy bilan allaqachon qiyin munosabatlarni murakkablashtirishi xavfi bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »