Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya KGB va Tashqi razvedka xizmatining sobiq xodimi Sergey Jirnov “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin o‘ldirilmasa, u Rossiyaning keyingi prezidenti bo‘lishini aytdi. Bu haqda 24Kanal xabar berdi.

Foto: tjournal.ru

Ma’lum qilinishicha, “Vagner” isyonining muvaffaqiyatsizligi arafasida yuqori martabali rossiyalik harbiylar va Prigojin o‘rtasidagi telefon aloqasi tinmagan. Prigojin o‘ziga bo‘ysunuvchi qurolli jangarilar armiyasiga, shuningdek, milliardlarga va media imperiyasiga egalik qilishi ta’kidlanadi.

“Prigojin yo o‘ldirilgan yoki qamoqqa tashlangan. Kim uni tirik, sog‘lom ko‘rdi? 24-iyundan keyin hech kim Prigojinni bunday holda ko‘rmadi”, — deydi KGB sobiq xodimi.

Taxminlarga ko‘ra, tarmoqda “Vagner” rahbari tasvirlangan surat namoyish etilgan. Biroq sobiq razvedkachi u qalbakilashtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. “Vagner” isyonidan keyin tarqalgan Prigojin audiosi ham Moskvadagi Lefortovo tergov hibsxonasidan yozib olingan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

“Ko‘rsatilgan birorta ham video, audio yoki fotosurat hech narsani isbotlamaydi”, — dedi Jirnov.

U Rossiya elitasi Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borishi mumkinligini qayd etdi. 

“Putinni urushdan pul topadiganlardan tashqari hamma yomon ko‘radi”, — deya xulosa qildi Jirnov.

Rossiyada isyonga urinish yoxud Prigojin isyoni

2023 yil 23-24 iyun kunlari Rossiyada “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan isyon ko‘tarishga urinish bo‘ldi. Xususan, Prigojin “Adolat marshi”ni boshlaganini, uning maqsadi Moskvaga yetib borish ekanini aytdi.

U rus harbiylarini Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov buyrug‘i bilan “Vagner” lagerlariga hujum qilganlikda aybladi.

Qo‘zg‘olon paytida Rostov-Don va Voronej qo‘lga olindi, bir nechta vertolyotlar va harbiy samolyotlar urib tushirilgan, oqibatda kamida o‘n nafar rus harbiysi yo‘q qilingan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Prigojinni davlatga xiyonatda aybladi. Biroq kechqurun, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng Prigojin o‘z jangarilarining Moskvaga yurishini to‘xtatdi.

Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

Bir necha kundan so‘ng Putin o‘z armiyasi va xavfsizlik kuchlariga isyonning oldini olgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »