Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengash kotibi Aleksey Danilov Rossiyada Moskvaga yurish bilan yana bir isyon bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Twitter'da tvit qoldirdi.

Foto: Reuters

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml uchun hozirgi vaziyat Moskvaga qarshi kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.

“Vaziyat shunday rivojlanmoqdaki, Rossiya uchun Kiyevga qarshi amalga oshmagan ikkinchi hujum istagi Moskvaga qarshi ikkinchi kampaniyani kutib olishga shoshilinch tayyorgarlik ko‘rish zarurati bilan qoplanadi.
Bu vaziyat o‘z vaqtida bo‘lib, kechiktirilmaydi. Rossiyada norozi odamlarning turli rangdagi noroziliklari o’sishda davom etmoqda, uni orqaga surib bo‘lmaydi”, — dedi u.

Rossiyada isyonga urinish yoxud Prigojin isyoni

2023 yil 23-24 iyun kunlari Rossiyada “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan isyon ko‘tarishga urinish bo‘ldi. Xususan, Prigojin “Adolat marshi”ni boshlaganini, uning maqsadi Moskvaga yetib borish ekanini aytdi.

U rus harbiylarini Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov buyrug‘i bilan “Vagner” lagerlariga hujum qilganlikda aybladi.

Qo‘zg‘olon paytida Rostov-Don va Voronej qo‘lga olindi, bir nechta vertolyotlar va harbiy samolyotlar urib tushirilgan, oqibatda kamida o‘n nafar rus harbiysi yo‘q qilingan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Prigojinni davlatga xiyonatda aybladi. Biroq kechqurun, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng Prigojin o‘z jangarilarining Moskvaga yurishini to‘xtatdi.

Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.

Bir necha kundan so‘ng Putin o‘z armiyasi va xavfsizlik kuchlariga isyonning oldini olgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »