Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Operation Barbie Summer”  — Warner Bros. Discovery bosh direktri Devid Zaslav yil boshida o‘z jamoasi uchun rejissor Greta Gervig suratga olgan filmni targ‘ib qilish kampaniyasini belgilab berdi. 2023-yilning yozi haqiqatan ham shunday bo‘ldi. Sujetga ko‘ra o‘yinchoqlar dunyosidan haqiqiy dunyoga aylangan ideal plastik qo‘g‘irchoq haqiqatan ham kinoteatrlarni, ijtimoiy tarmoqlarni, reklama taxtalarini, do‘kon oynalarini va Gollivud sanoatini zabt etdi.

Foto: Filmdan kadr

Greta va uning kichkina ayollari

Margo Robbi Warner Bros bilan birga mallasoch qo‘g‘irchoq haqidagi hikoyani filmga moslashtirish huquqini sotib oladi. Shuningdek, u Gervigni filmga ssenariy muallifi sifatida taklif qiladi. Prodyuserlar uning maslahatiga quloq solishadi. Gervig film ssenariysini sherigi — rejissor va ssenariy muallifi Noa Baumbax bilan birga yozadi. Keyin esa ssenariyni boshqa rejissorga bera olmasligini tushunadi va filmga o‘zi rejissorlik qiladi.

Foto: Filmdan kadr

Hozirda Greta Gervig kino tarixida milliard dollarlik rekord o‘rnatgan birinchi ayol rejissorga aylandi. Bir necha yil oldin uni katta budjetli loyihaning yulduzi sifatida tasavvur qilish qiyin edi. 2010-yillarda aktrisa, ssenariynavis va rejissor o‘zini mustaqil filmlar muallifi sifatida ko‘rsatdi. Gretaning ekrandagi qahramonlari ko‘pincha turli darajadagi muvaffaqiyatlarga erishib, o‘sib-ulg‘ayishga harakat qiladigan, ammo o‘ziga ishonmaydigan qizlar edi. Gervigning rejissor sifatidagi debyuti, o‘spirin qiz haqidagi “Ledi Byord” (2017) filmi unga “Oskar”ning eng sharafli nominatsiyasi — “Eng yaxshi rejissor” va “Eng yaxshi original ssenariy”ni keltirdi.

Gervigning ikkinchi filmi — “Kichik ayollar” (2019) rejissorning o‘ziga xos uslubi boshqa birovning materiali fonida yo‘qolmasligini, qaytaga yanada yorqinroq bo‘lishini ko‘rsatdi.

Variety nashriga ko‘ra, filmga ajratilgan 145 million dollarlik budjetdan tashqari marketing kampaniyasi 150 million dollar sarflagan. Piar-kampaniya doirasida Malibuda Barbining uyi dizayniga taqlid qiluvchi uch qavatli pushti saroy qurilgan. Bu uyni ijaraga olish huquqini AirBnb xizmati oldi. Barbi qo‘g‘irchog‘ining o‘zi esa dunyodagi asosiy sayyohlik joylariga, masalan, Burj Xalifa, Xitoyga borib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Filmdan kadr

Google sahifasi “Barbie”ni qidirganda pushti rangga aylandi. Kiyim-kechak brendlari Zara va Balmain film chiqishi bilan Barbining sevimli ranglarida cheklangan kolleksiyasini chiqardi (masalan, Balmeynning Barbi yozuvi tushirilgan pushti qalpoqchasi 1 350 dollarga sotildi). Nyx kosmetik brendi tenlar, ko‘zoynaklar, lab bo‘yog‘i va boshqa kosmetika vositalarining cheklangan palitrasini chiqardi. Ko‘rinishidan, Warner Bros sotuvchilari iste’molchilarga ta’sir qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan vositalardan foydalangan.

Ammo Barbie reklama kampaniyasining asosiy nuqtasi tomoshabinlarni maksimal darajada jalb qilish edi. Butun dunyodagi kinoteatrlarga pushti qo‘g‘irchoq qutilari o‘rnatilib, har kim o‘zini Barbi kabi his qilishi mumkin edi. Shunday qilib, kinoga borish bayramga aylandi, unda bosh qahramon brend yoki hatto film emas, balki tomoshabinning o‘zi bo‘ldi.

Foto: Filmdan kadr

“Barbi”ning kassa muvaffaqiyati haqidagi turli maqolalarda “plastik dunyo g‘alaba qozondi” iborasi tez-tez quloqqa chalinadi. Ammo Greta Gervig filmining paradoksi shundaki, uning qahramoni, aksincha nafis Barbilenddan ko‘ra o‘zining barcha xususiyatlari bilan real voqelikni afzal ko‘radi: 91 yoshli ayolning go‘zalligi, baland poshnali tuflilar o‘rniga qalin taglikli shippak, beg‘am yashash o‘rniga o‘lim haqida o‘ylar. Film zamonaviy ayol tomoshabinlarning aksariyati o‘zi bilan birga katta bo‘lgan o‘yinchoqqa bag‘ishlangan. “Transformerlar” va “Nindzya toshbaqalari” kabi bolalarning sevimli mashg‘ulotlariga bag‘ishlangan ko‘plab filmlardan so‘ng birinchi marta qizlarning qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynash kabi muhim xobbi katta ekranlarda namoyish etilmoqda.

Foto: Filmdan kadr

Shu bilan birga, rejissor erkaklarni ham unutmaydi. Rayan Gosling tomonidan ijro etilgan Barbining do‘sti Ken haqiqiy dunyoga kelganida patriarxatning g‘alabasini ko‘radi va nihoyat o‘zini Barbieland’da bo‘lgani kabi chetda emas, balki bosh qahramon kabi his qiladi. O‘yinchoqlar dunyosiga qaytib, u boshqa Kenlarga ayollarning erkaklarga itoat qilishi qanchalik ajoyib ekanligi haqida gapirib beradi. Ammo Barbi haqiqiy dunyodan o‘yinchoq dunyosiga qaytganidan va bir qator gender mojarolaridan so‘ng, qahramonlar Barbiland’da hammasi ajoyib emasligini va Kenlar ham hurmatga muhtojligini tushunadi. Natijada Ken o‘zi uchun qadrli ekanligini anglaydi — “I Am Kenough” (Ken va enaugh, “yetarli” so‘zlari) iborasi allaqachon internetga tarqaldi va Mattel 60 dollarlik shunday yozuvli rangli qalpoqchalar sotuvini e’lon qildi.

Foto: Filmdan kadr

Filmning muvaffaqiyatidan ilhomlangan Mattel hatto o‘zining boshqa aktivlari: Barni dinozavr, Hot Wheels avtomobillari, Polly Pocket qo‘g‘irchoqlari va boshqa o‘yinchoq do‘konlari xitlari bo‘yicha loyihalar boshlanganini e’lon qildi. “Barbi” filmining davomini suratga olish haqida ham gap bor, biroq Greta Gervig hozircha buni rejalashtirmayapti: yaqin yillarda u Netflix uchun “Narniya yilnomalari”ning yangi versiyasini suratga oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »