Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Qora dengiz orqali neft eksportini to‘xtatish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “pixabay.com”

“KazTransOil” davlat kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Erik Sagiyev tegishli bayonot bilan chiqib, bunday holatda Qozog‘iston neftni Boltiq dengizidagi Ust-Lugaga yo‘naltirishga majbur bo‘lishini aytdi.

“Agar Qora dengizdagi vaziyat yomonlashsa, bizning Shesxaris porti (Novorossiysk) yo‘nalishi bo‘yicha tashiladigan neftimiz Ust-Luga portiga o‘tkaziladi”, — dedi u.

Novorossiysk porti va neft eksporti

Novorossiysk porti Qora dengizdagi eng yirik Rossiya neft terminalidir.

2023-yil avgust oyi boshida Novorossiysk suvlarida kemalar harakatiga vaqtinchalik taqiq qo‘yildi, biroq Kaspiy quvurlari konsorsiumi tomonidan neftni jo‘natish to‘xtatilmadi.

Qozog‘iston neftining 80 foizdan ortig‘ini eksport qiladigan Kaspiy quvurlari konsorsiumi Qozog‘istonning g‘arbiy qismidagi Tengiz konini va boshqalarni Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi Novorossiysk yaqinidagi dengiz terminali bilan bog‘laydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »