Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston suyultirilgan gazni avtomobil va temiryo‘l orqali eksport qilishga uch yillik taqiq joriy qilmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, KazTAG xabar berdi.

Foto: Getty Images

Qozog‘iston Energetika vazirligi qaror kuchga kirgan kundan boshlab suyultirilgan gazni mashinada uch yilga, temiryo‘l transportida esa olti oy muddatga eksport qilishni taqiqlash bo‘yicha buyruq loyihasini ishlab chiqdi. Ayni paytda mazkur qaror ochiq normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan.

Mamlakatda suyultirilgan neft gazining chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish joriy etilgan. Buning natijasida aholi va ko‘plab sanoat korxonalarining ushbu turdagi yoqilg‘iga talabi oshdi. 

Shu tariqa 2022-yilda ichki bozorda iste’mol 2021-yilga nisbatan 28 foizga oshdi. Shuningdek, 2023-yilning 6 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan iste’molning o‘sishi 100 ming tonnaga yaqinni tashkil etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »