Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyda yo‘lovchining poverbanki (zaryadlovchi qurilma) yonib ketgani sabab ekipaj samolyotni favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘ldi, deb yozmoqda Aviaincident Telegram kanali.

Foto: Aviaincident

Hodisa Lxasa—Shanxay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyotda sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilardan birining poverbanki to‘satdan yonib ketgan. Qurilma egasi qo‘rqib ketganidan uni birinchi klassdagi o‘rindiqlar orasiga uloqtirgan.

Bort kuzatuvchilari poverbankni olish va o‘chirish uchun bir nechta o‘rindiqlarni qismlarga ajratishga majbur bo‘ldi, uchuvchilar esa samolyotni Uxan aeroportiga favqulodda qo‘ndirdi.

Avval Istanbuldan Marokashga uchayotgan Turkish Airlines samolyoti bortidagi yo‘lovchi o‘z joniga qasd qilgandi. Hodisa sababli samolyot Jazoirga favqulodda qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirlarida Janubiy Koreyada Asiana Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning avariyaviy chiqish eshigi parvoz paytida ochilib ketgandi. Bortda 200 kishi bo‘lgan. 12 kishi yengil tan jarohati olgan, to‘qqiz nafar yo‘lovchi havo yetishmasligi sabab kasalxonaga yotqizilgan.

Eshikni uning yonida o‘tirgan yo‘lovchilardan biri ochgani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »