Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 

Unda ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2022-yilning 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim”ni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 2020—2021-yillarda saudiyalik ish beruvchilar tomonidan haj mavsumida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekistondan 1000 nafar qassob va 500 nafar haydovchilarni jalb qilishga qiziqish bildirilgan. 

4-sentyabrdan o‘zbekistonlik umra ziyoratiga boruvchilar uchun Saudiya Arabistoni tomonidan ham yangi reyslar amalga oshiriladi. Bu esa mazkur mamlakatda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. 

Uchrashuvda yuqorida qayd etilgan bitimga muvofiq, podshohlik tarafidan ish beruvchilarning imkoniyatlari va talablarini o‘rganib chiqish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning tasarrufidagi Mehnat migratsiyasi agentligi mas’ullaridan iborat texnik qo‘mita tuzilib, tez fursatda faoliyatini boshlash borasida kelishib olindi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni ish beruvchilari va rekruting kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish maqsadga muvofiq ekani aytildi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi tomonidan mamlakatimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, boquvchisini yo‘qotgan voyaga yetmagan bolalar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan xayriya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »