Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol hukumat yig‘ilishida Pxenyan o‘z maqsadlariga erishish uchun yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

Foto: Yonhap

Uning so‘zlariga ko‘ra, “harbiy maqsadlariga erishish uchun” Shimoliy Koreya barcha mavjud vositalarni to‘liq safarbar qiladi va “yadro qurolidan foydalanishga ham tayyor”.

Yun Sok Yol urush chiqqan taqdirda, KXDR tomonidan “soxta xabarlar tarqatish va davlatga qarshi propoganda kuchlarining safarbar etilishi” ortidan Janubiy Koreyada jiddiy ijtimoiy tartibsizlik va bo‘linish yuzaga kelishi xavfidan ogohlantirdi va bunga qarshi tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

U, shuningdek, atom elektr stansiyalari, ilg‘or sanoat obyektlari va telekommunikatsiya tarmoqlariga hujumlar orqali Pxenyan Janubiy Koreyaning milliy infratuzilmasini falaj qilishni o‘ylayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Janubiy Koreya prezidenti KXDR tomonidan tahdid kuchayishi fonida Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Yaqinda Vashingtonda uch davlat yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »