Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Niderlandiya ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishni tugatgandan so‘ng, Ukrainaga Amerikaning 42 ta F-16 qiruvchi samolyotini topshiradi. Bu haqda Niderlandiyada amaliy tashrif bilan bo‘lgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

“(Niderlandiya bosh vaziri) Mark Ryutte bilan men uchuvchilarimiz va muhandislarimiz o‘qitilganidan so‘ng, Ukrainaga beriladigan F-16 samolyotlari sonini kelishib oldik. 42 ta samolyot. Va bu faqat boshlanishi. Niderlandiyaga rahmat!” — dedi Ukraina rahbari Niderlandiya bosh vaziri bilan muzokaralardan so‘ng.

Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida F-16 samolyoti oldida Ryutte bilan tushgan selfini ham joylashtirdi.

Foto: Telegram

Ryutte, Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida, F-16 samolyotlarini yetkazib berish shartlari bajarilgach, Niderlandiya va Daniya ularni Ukraina havo kuchlariga topshirishini e’lon qildi. U may oyida Niderlandiya Ukraina harbiylarini F-16 bilan uchishga o‘rgatishni va’da qilganini eslatdi.

“Ammo samolyotlar bo‘lmasa, mashg‘ulotlar o‘tkazishning imkoni yo‘qligini hamma tushunadi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, samolyotlar bilan mashq qilish uchun ularni yetkazib berish kerak”, — dedi Niderlandiya bosh vaziri.

Ryutte, shuningdek, Niderlandiya havo kuchlarida 42 ​​ta F-16 qiruvchi samolyot borligini, biroq ularning barchasi Ukrainaga o‘tkazilishi haqida gapirishga hali erta ekanini ta’kidladi, deb yozadi Reuters.

Daniya F-16 qiruvchilarini Kiyevga berishini tasdiqladi.

Niderlandiyadan keyin Daniyaga tashrifi chog‘ida Zelenskiy mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uchrashdi. Frederiksen xonim Kopengagen Kiyevga 19 ta samolyot topshirishini ma’lum qildi. U F-16 samolyotlarining birinchi partiyasi yangi yil oldidan Ukrainaga yetkazilishiga umid qilmoqda.

Zelenskiy Daniya bosh vaziri bilan F-16 qiruvchilaridan biriga minib ko‘rdi.

Foto: EPA

Vladimir Zelenskiy va Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlariga ega Yevropa davlatlari rahbarlari may oyi o‘rtalarida ham qiruvchilarni Kiyevga yetkazib berish haqida kelishib olgandi. Gap Yevropa mamlakatlari Qurolli kuchlaridagi samolyotlar haqida ketmoqda. AQSH o‘z qiruvchilarini yuborishi haqida xabar bermagan.

Iyul oyida Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi 11 davlatdan iborat koalitsiya ukrainalik uchuvchilarni F-16 uchishini o‘qitishni boshlashga tayyorligi, biroq Vashingtonning rasmiy ruxsatisiz buni amalga oshira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Avgust oyi boshida Pentagon bunga ruxsat berilganini bildirdi.

Ukraina qiruvchilarni qachon oladi?

OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina F-16 ni 2024-yildan oldin olmaydi. Xususan, The Washington Post gazetasi ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash faqat yanvar oyida boshlanishini, chunki bungacha ular Buyuk Britaniyada to‘rt oy davom etadigan ingliz tili kurslarini o‘tashi kerakligini yozgan. Qiruvchilarda uchish mashg‘ulotlari yana olti oy davom etadi.

18-avgust kuni Reuters agentligi Qo‘shma Shtatlar Daniya va Niderlandiyadan F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga jo‘natishni ma’qullagani haqida xabar berdi. Daniya Mudofaa vazirligi Ukraina uchuvchilari avgust oyi oxirida ushbu mamlakatda qiruvchi samolyotlarda mashg‘ulotlarni boshlashini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »