Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi matbuot kotibi Yuriy Ignatning aytishicha, Ukraina kelayotgan kuzda ham, qishda ham ittifoqchilardan Amerikaning F-16 qiruvchilarini olishga muvaffaq bo‘lmaydi.

Foto: Live Journal
“Bu yil kuz va qishda Ukrainani F-16 samolyotlari bilan himoya qila olmasligimiz allaqachon aniq bo‘lib turibdi”, — dedi u milliy telemarafon efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qiruvchilardan umid katta edi, chunki ular mamlakat havo mudofaasining bir qismiga aylanib, Rossiya raketalaridan himoyalanishda yordam berishi mumkin edi.

“Ammo, ular bo‘lmaganidan keyin, masala joyidan siljidi. Uchuvchilarimiz yaqin orada (qiruvchilarni boshqarishga) o‘rgatilishini bilamiz. Ammo havo hujumidan mudofaani ham kuchaytirishimiz kerak”, — deya Ignatning so‘zlarini keltiradi “RBK-Ukraina”.

Ukraina G‘arbdan F-16 qiruvchilarini so‘rayapti

2023-yil boshidan beri Ukraina hukumati G‘arb davlatlaridan Ukrainaga zamonaviy qiruvchilar, jumladan, Amerikaning F-16 samolyotlarini yetkazib berishni faol so‘ramoqda. Iyul oyida AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Ukraina bunday samolyotlarni yil oxirigacha olishi mumkinligini aytgandi.

Avval Politico Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi 11 davlatdan iborat koalitsiya ukrainalik uchuvchilarga F-16 da uchishni o‘rgatishga tayyorligini, biroq AQSHning rasmiy ruxsatisiz buni amalga oshira olmasligini xabar qildi. 8-avgust kuni Pentagon AQSH prezidenti Jo Bayden boshqa davlatlar vakillariga ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishga ruxsat berganini ma’lum qildi.

Harbiy ekspertlarning The Economist nashriga yozgan maqolasida F-16 qiruvchi samolyotlari Ukraina armiyasiga frontda tezkor muvaffaqiyatga erishishga yordam bermasligi aytildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »