Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arb davlatlari Ukraina harbiylarini Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatish masalasida haligacha kelisha olmadi. Mashg‘ulotlar Vashington zarur materiallarni, masalan parvoz va boshqaruv bo‘yicha qo‘llanmalar berishni rasman tasdiqlamaguncha boshlanmaydi, deb yozdi Politico. Nashr xabariga ko‘ra, AQSH tegishli hujjatni hali imzolamagan.

Foto: AP Photo

Muhokamadan xabardor uch nafar amerikalik rasmiyning aytishicha, mashg‘ulotlar rejasi hali kelishib olinmagan. Takliflar orasida ukrainalik uchuvchilarni mashg‘ulot uchun Arizona shtatining Tuson shahrida joylashgan Havo milliy gvardiyasi bo‘linmasiga yuborish bor. U yerda AQSH chet ellik hamkorlarni F-16 qiruvchilari bilan ishlashga o‘rgatadi. Biroq ikki amerikalik va bir yevropalik amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oya unchalik ma’qullanmagan.

Boshqa variant esa ukrainaliklarni tayyorlash uchun Yevropaga amerikalik uchuvchilarni yuborishni nazarda tutadi.

“Biz hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan ushbu rejani amalga oshirishning eng amaliy yo‘lini aniqlash ustida ishlayapmiz”, — dedi gazetaga AQSH rasmiylaridan biri.

Ukrainalik uchuvchilarni o‘qitish qachon boshlanadi?

Vilnyusdagi sammitda NATO davlatlari ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha koalitsiya tuzilganini e’lon qilgandi, uning tarkibiga Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya kiradi.

15-iyul kuni Politico nashri 11 davlatdan iborat koalitsiya mashg‘ulotlarini boshlash uchun AQSHdan tasdiq kutayotgani, Vashington rasman ruxsat bermaguncha ishga kirisholmasligini xabar qildi.

Nashrning yozishicha, koalitsiya mashg‘ulotlarni avgust oyida boshlashni kutmoqda, o‘shanda Ruminiyadagi o‘quv markazi ishga tushishi kerak. Biroq mashg‘ulotlarning aniq boshlanish sanasi AQSH Davlat departamenti tomonidan belgilanadi.

17-iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchilarida uchishga o‘qitishni ma’qulladi. Oq uy ular bir necha hafta ichida mashg‘ulotlarni boshlashi mumkinligini bildirdi.

21-iyul kuni AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Oq uy F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga shu yil oxirigacha topshirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »