Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonliklar daromadining 46,5 foizini oziq-ovqatga sarflaydi. Bu haqda Euromonitor International ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Tahlilchilar dunyoning turli mintaqalarida iste’mol xarajatlarining qanday ulushi uyda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklarga to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqqan. Beshta davlatda bu ko‘rsatkich barcha xarajatlarning o‘ndan biridan kamrog‘ini tashkil qildi. Reyting yetakchilari orasida AQSh (6,7 foiz), Singapur (8,4 foiz), Buyuk Britaniya (8,7 foiz), Irlandiya (9,2 foiz) va Shveysariya (9,9 foiz) bor. 

O‘zbekiston ro‘yxatda quyi pog‘onalardan birini egallagan — fuqarolarning oziq-ovqatga sarflanadigan mablag‘i barcha xarajatlarning deyarli yarmini (46,5 foiz) tashkil qiladi. 

Oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadigan mablag‘larning yuqori ulushi Nigeriya (59 foiz), Myanma (56,6 foiz) va Keniyada (56,1 foiz) qayd etilgan. 

Rossiyada oziq-ovqatga oyiga o‘rtacha 146 dollar sarflanadi. Gruziyada bu miqdor 116 dollarga, Ozarbayjonda 102 dollarga, Belarusda 98 dollarga teng. Shu bilan birga, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari oziq-ovqatga eng kam mablag‘ sarflaydi — mos ravishda 26/24 va 40/36 dollar. 

Skrinshot: Picodi

May oyida O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yil birinchi choragi uchun “Iste’mol kayfiyati sharhi”ni e’lon qilgandi. Tadqiqotda respondentlarning daromadlari va xarajatlari, ularning jamg‘armaga moyilligi, shuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan.

Qayd etilishicha, o‘tgan davrda iste’mol kayfiyat indeksi 2022-yilning IV choragiga nisbatan 2,3 bandga kamayib, 23,9 bandni tashkil etgan. O‘zbekistonliklarning aksariyat qismi mablag‘larini ta’lim (16,1 foiz), uy-joy ta’miri (13,6 foiz), davolanish (13 foiz), oilaviy bayramlar (7,4 foiz), maishiy texnikalar xaridi (6,9 foiz) hamda avtomobil sotib olishga (6,3 foiz) sarflagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »