Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, o‘tgan yilning yuqori bazasi hisobiga yillik inflyatsiya 8,9 foizgacha pasaygan. Oxirgi marta bunday past darajali inflyatsiya 2016-yil avgustda qayd etilgan.

Oylik inflyatsiya pasayishi asosan oziq-ovqatlarning mavsumiy ravishda 0,9 foizga pasayishi hisobiga ro‘y bergan. Nooziq-ovqatlar 0,3 foizga, aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari esa sezilarli ravishda 0,5 foizga qimmatlagan (yil boshidan buyon maksimum).

Muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan guruch (+1,7 foiz), mol go‘shti (+0,7 foiz), qo‘y go‘shti (+0,5 foiz) qimmatlashishda davom etmoqda. Yana boshqa guruhlarda tamaki (+1,0 foiz), statsionar davolanish (+1,0 foiz), yo‘lovchi tashish (+0,9 foiz), restoran va mehmonxonalar (+0,6 foiz) narxlari sezilarli darajada oshgan.

Markaziy bank 2023-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 8,5–9,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilgandi.

2022-yilda yillik inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 9,98 foiz, 2020-yilda 11,1 foiz, 2019-yilda 15,2 foiz, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda 14,4 foiz bo‘lgan.

Inflyatsiya o‘zi nima? 

Inflyatsiya deganda mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o‘sishi) tushuniladi. Uning asosiy ko‘rsatkichi iste’mol narxlarining ma’lum bir davrdagi o‘zgarishi hisoblanadi. Narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »