Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2018-yil mart oyida Yangi Zelandiya razvedka xizmati birinchi marta mamlakat hukumati uzoq vaqtdan beri yashirishga harakat qilgan narsani tan oldi: 1981-yilda qirolicha Yelizaveta II va Edinburg gersogi rasmiy tashrif bilan bo‘lganida Dunedin shahrida hazrati oliyalariga suiqasd uyushtiriladi. Otishma sodir etgan shaxs 17 yoshli o‘smir Kristofer Lyuis edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangi Zelandiya hukumati dastlab voqeadan xabardor bo‘lgan. Yaqin vaqtgacha maxfiy bo‘lgan razvedka hujjatlarida 1981-yil oktabr oyida o‘smir derazalari paradga qaraydigan binolardan birida yashirinib, qirolichaga o‘q uzgani haqida so‘z boradi. Kristofer nishonga aniq ololmaydi, politsiya jinoyatchining iziga tushadi. Qo‘lga olingan yigit 1997-yilda qamoqxonada o‘z joniga qasd qiladi.

Foto: Legion Media

Suiqasd endi oshkor bo‘lgach, politsiya uni qayta tekshirish uchun ko‘rib chiqmoqda. Biroq Bukingem saroyi bu haqda izoh berishdan bosh tortdi. Ammo bu ajablanarli emas: Buyuk Britaniya tarixi davomida monarxlar bir necha bor ekstremistlar, terrorchilar yoki ruhiy kasal jinoyatchilarning nishoniga aylangan. Hatto o‘tgan asr davomida qirol oilasi a’zolariga nisbatan turli darajadagi bir necha o‘nlab suiqasdlar sodir etilgan.

Yelizaveta va temiryo‘l halokati — 1970-yil

Foto: Legion Media

“Litgou fitnasi” deb ataladigan voqea Britaniya monarxining hayotiga suiqasd qilingan birinchi holatlardan biri hisoblanadi. O‘sha yili qirolicha va Edinburg gersogi Avstraliyada rasmiy tashrif bilan bo‘lishadi. Qirollik juftligi Sidneydan Orinjga ketayotganda ularning poyezdi rels ustida yotgan ulkan yog‘ochga duch keladi. Shu yo‘l bilan hujumchilar temiryo‘l halokatini yaratishga umid qilishadi: poyezdlarning odatiy tezligini hisoblab, relsdan chiqib ketishi uchun to‘siq qo‘yishadi. Biroq o‘sha kuni mashinist negadir tezlikni pasaytirishga qaror qiladi, shu tufayli u to‘siqni o‘z vaqtida payqab, tezlikni yanada pasaytirishga muvaffaq bo‘ladi. Natijada poyezd yog‘ochga uriladi, biroq hech kim jabrlanmaydi.

Suiqasd uyushtirganlar topilmaydi, shuning uchun Avstraliya bilan munosabatlarga zarar yetmaydi.

Malika Annani o‘g‘irlashga urinish — 1974-yil

Foto: Legion Media

Malika Anna bilan mutlaqo boshqa holat yuz beradi — unga ham hujum qilishgan, lekin qotillik maqsadida emas, balki o‘g‘irlash va 2 million funt talab qilish maqsadida.

1974-yil mart oyida malika birinchi turmush o‘rtog‘i Mark Filipps bilan uyiga mashinada qaytayotganida to‘satdan oq rangli Ford Escort saroydan 200 metr narida qirollik limuzinining yo‘lini to‘sadi. Yan Ball ismli bosqinchi mashinadan sakrab tushib, malikaning tansoqchisi va haydovchisiga qarata o‘q uzadi. U Annani mashinadan tushishga undaydi, agar itoatsizlik qilsa, uni otib tashlash bilan tahdid qiladi.

Foto: Legion Media
Malika kasalxonaga yarador tansoqchisini ko‘rgani kelgan, 1974-yil 25-mart
Foto: Legion Media

Hodisani Annani poylab yurgan jurnalist va politsiyachi payqab qolgan — ammo jinoyatchi ularning barchasini jarohatlagan. Aytishlaricha, malikani yonidan o‘tib ketayotgan piyoda qutqarib qolgan, u bokschi bo‘lgan. U jinoyatchini tezda qo‘lga oladi, shundan so‘ng politsiya uni olib ketadi.

Yelizaveta va yosh mergan — 1981-yil

Foto: Legion Media

Bu voqea Britaniya milliy bayrami bo‘lgan an’anaviy Trooping the Colour kunida sodir bo‘ladi. Bayram kuni Yelizaveta ot ustida paradni boshqaradi. To‘satdan olomon orasidan qandaydir noma’lum kimsa qirolicha tomon bir-ikki marta o‘q uzadi. Qo‘rqib ketgan ot qirolichani yerga uloqtirmoqchi bo‘ladi. Yaxshiyamki, Yelizaveta jonivorni tinchlantirishga muvaffaq bo‘ladi va otishma sodirgan etgan shaxs darhol qo‘lga olinadi. Bu 17 yoshli Markus Serjant bo‘lib chiqadi, u shunchaki “mashhur bo‘lishni xohlagandi”. Keyinchalik uning taqdiri nima bo‘lgani noma’lum.

Biroq Yelizaveta otni (va o‘zini) tinchlantirib, paradni davom ettiradi va tantanali ravishda Bukingem saroyiga qaytadi.

Yelizaveta II va yotoqxonadagi sirli suhbatdosh — 1982-yil

Foto: Legion Media

Bu holatni suiqasd deb bo‘lmaydi, chunki hujumchi qirolichani o‘ldirishni mutlaqo xohlamagan. Ammo bu voqea shu qadar kulgili va, shu bilan birga, dahshatliki, hanuzgacha og‘izdan og‘izga o‘tib, afsonaga aylangan.

1982-yilda ishsiz Maykl Fagan ismli erkak qirolicha bilan shunchaki gaplashish uchun Bukingem saroyining barcha xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Bir kun oldin sevgilisi tashlab ketgan bechora yigit biroz dam olishga va qirolichaning xonalari bo‘ylab sayr qilishga qaror qiladi. Bundan tashqari, u Yelizavetaning yotoqxonasiga kirishni xohlab qoladi.

U buni uddalaydi va qirolichaning yotoqxonasida 10 daqiqa bo‘ladi. Agar Faganning chekish istagi bo‘lmaganida, bu qiziq vaziyat qancha davom etishi noma’lum: Yelizaveta II muloyimlik bilan mehmoniga sigaret olib kelish uchun xizmatkorni chaqiradi — xizmatkor qirolichaning xonasida begona odamni ko‘rib, soqchilarga xabar beradi.

Eng kulgilisi shuki, bir muncha vaqt o‘tgach, Fagman ozod qilinadi va Britaniya qonunlari qirollik oilasining shaxsiy hududiga kirishni jinoiy huquqbuzarlik deb tan olishi uchun yana 25 yil kerak bo‘ladi.

Shahzoda Charlz, gersoginya Kamilla va ISHID hujumi — 2015-yil

Foto: Legion Media

Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yilda Britaniya Qurolli kuchlari Suriyada ISHID jangarisini yo‘q qilgan, u butun London bo‘ylab bir nechta teraktlar uyushtirishi kerak bo‘lgan. Ulardan biri mamlakatda 14-avgustda nishonlanadigan va boshqalar qatori Uels shahzodasi Charlz hamda uning rafiqasi gersoginya Kamilla ishtirok etadigan Yaponiya ustidan qozonilgan G‘alaba kunida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Yelizaveta II va tansoqchisi — yili noma’lum

Foto: Legion Media

O‘tgan yilning yanvar oyida qirolichaning sobiq qo‘riqchilaridan biri matbuotga u bir paytlar Yelizavetani otib qo‘yishiga bir baxya qolganini tan oladi. Gap shundaki, o‘sha kechasi qirolicha uyqusi kelmagani uchun Bukingem saroyi atrofida biroz sayr qilishga qaror qiladi.

Hududni uzoqdan qo‘riqlayotgan qo‘riqchi zulmatda qora sharpani ko‘radi, uni bosqinchi deb o‘ylab, u tomon yuguradi.

Qarshisida kim turganini bilgan tansoqchi qirolichaga qarata: “Jin ursin, hazrati oliyalari sizni otib qo‘yishimga sal qoldi!”, deydi. Qirolicha esa: “Tashvishlanmang, hammasi joyida. Keyingi safar qo‘ng‘iroq qilib, meni otib qo‘ymasligingiz uchun ogohlantiraman”, deb javob beradi.

Shahzoda Jorj va ISHID tahdidi — 2017-yil

Foto: Legion Media

Shahzoda Jorj Thomas’s Battersea maktabiga borgan birinchi haftada bir ayol maktabga yashirincha kirib, hammani qo‘rqitadi. Biroq eng dahshatlisi keyin yuz beradi: 2017-yil oktabr oyi oxirida Britaniya OAVlari mamlakat maxsus xizmatlari Telegram messenjerida shubhali xabarlarni yozib olgani haqida xabar beradi. Unda aytilishicha, ISHID ekstremistlari messenjer orqali shahzoda Jorjning maktabga kirib kelayotgani suratlarini yuborgan. Ular, shuningdek, arab tilida “Hatto qirollik oilasini ham tinch qo‘ymaymiz” deb yozib qoldirgan.

Ammo xabar yolg‘on bo‘lib chiqqan yoki maxsus xizmatlar teraktning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »