Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiston viloyatida Sirdaryo daryosiga suzish uchun kelgan 20 kishining 11 nafari cho‘kib ketgani xabar qilingandi. Ular qarindoshlar ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida besh nafar bola va olti nafar kattalar bor. Ular orasida eng yoshi kichigi to‘rt yashar qiz hisoblanadi. Ayni paytda 9 kishining jasadi topilgan. 2011-yilda tug‘ilgan bola va 2013-yilda tug‘ilgan qiz esa hali ham qidirilmoqda.

“Ular bir oila a’zolari yoki hech bo‘lmaganda ism-shariflari bir xil bo‘lgan. Bir nechta aka-uka va ularning bolalari bo‘lgan. Qarindoshlar aytganidek, ular to‘ydan chiqib, daryo bo‘yida dam olishga qaror qilgan. Qirg‘oq juda sirpanchiq bo‘lgan. Aftidan, kimdir suvga tushib ketgan va cho‘ka boshlagan, boshqalari esa uni tortib olishga uringanda cho‘kib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular bir-birlarini qutqarishga urinib, cho‘kib ketgan. Hatto suzishga ham ulgurmagan, hamma kiyimda bo‘lgan. Bu joy suzish uchun mo‘ljallanmagan. Aftidan, ular shunchaki qirg‘oq bo‘ylab yurib, suvga tushib ketgan”, — deyiladi Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »