Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazoratda obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Oqqorg‘on tumani “Madaniyat” MFY hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida terak qalamchalari ekilgani, ammo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yetarli darajada agrotexnik ishlari olib borilmagani aniqlangan. Natijada qalamchalar qurib qolgan. Bu bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 32, 37-moddalari talablari buzilgan.

Holat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Shuningdek, reyd davomida Oqqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi hududida ekilgan ko‘chatlar e’tiborsizlik oqibatida qurib qolgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari bo‘lim boshlig‘i A.B.ga nisbatan ham BHMning 10 barobari miqdorida jarima belgilangan.

Avvalroq Bosh prokuratura “Yashil makon” loyihasiga mas’uliyatsiz yondashgan 29 nafar rahbar javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, idora “Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chatlarni hisobotga “ekildi” deb qo‘shib yozilgani to‘g‘risidagi gaplariga munosabat bildirgan edi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistondagi yashil maydonlar 6 million 673 ming gektarni tashkil etadi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup daraxt ekish belgilangani nazarda tutilgan. O‘tgan 2021-yilda respublikada 85 million tup, 2022-yilda jami 202,7 million tup daraxt ko‘chatlari ekilgan. Joriy yilning bahorgi mavsumida hududlarga 127,7 million tup daraxt o‘tqazilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »