Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda davlat pensiyalarining barcha turlari uchun oyiga 4,5 trillion so‘m to‘lanmoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi “Daryo”ga maʼlum qildi.

Foto: “Daryo”

Jamg‘arma axborotiga ko‘ra, bugungi kunda davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lanmoqda. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etadi.

“Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yil 1-iyulgacha 4,5 million nafar davlat pensiyasi oluvchilarga 28,8 trillion so‘m moliyalashtirib berildi”, — deyiladi tashkilot maʼlumotida.

1-iyul holatiga respublikada eng yuqori ish haqi bilan pensiya (hisoblangan) tayinlangan fuqarolar 401,9 ming nafarni va eng kam miqdorda pensiya oluvchilar 652,9 ming nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida yangi tayinlangan pensiyalar va nafaqalar:

  • yoshga doir pensiya oluvchilar – 121 ming 620 nafarni;
  • nogironlik pensiyasini oluvchilar – 15 ming 326 nafarni;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar – 9 ming 255 nafar oilani;
  • nafaqalar – 55 ming 15 tani tashkil etdi.

Hozirda mamlakatda eng kam miqdordagi pensiyalar quyidagicha:

  • Yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 so‘m;
  • Nogironlik pensiyalari, jumladan, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 so‘m;
  • Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – 747 000 so‘m;
  • Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so‘mdan) 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 so‘m.

Bugungi kunda zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga oyiga 568 000 so‘mdan nafaqa beriladi. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori (qo‘shimcha to‘lovni hisobga olganda) – 568 000 so‘m.

Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »