Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarida navbatchilikka majburlanayotgani haqida xabar taraldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bunga munosabat bildirdi.

Bloger Nikita Makarenkoning yozishicha, maktab direktorlaridan biri unga anonim murojaat qilib, Mustaqillik bayrami munosabati bilan barcha direktorlarga o‘qituvchilar kunduzgi va tungi navbatchiligi grafigini tuzish topshirilganini ma’lum qilgan. Navbatchilik 25-avgustdan 10-sentabrgacha bo‘lishi kerakligi aytilgan.

Foto: Telegram / “Effekt Makarenko”

Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi anonim tarzda berilgan yuqoridagi xabar yolg‘onligini bildirdi.

“Hozirgacha boshqarma hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari masʼullari tomonidan birorta taʼlim muassasasi maʼmuriyatiga bayram yoki boshqa sabablar tufayli o‘qituvchilar navbatchiligini yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilmagan”, — deyiladi boshqarma munosabatida.

Shuningdek, bu kabi yolg‘onlar tarqatmaslikni, mabodo shunday holat yuzaga kelsa Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishonch telefoni —  71 237 08 30 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.

Bundan avval Toshkentdagi maktabda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar tarqalgandi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi maktabda “Obodonlashtirish oyligi” doirasida xayrli tadbir tashkil qilingani, bu ijtimoiy tarmoq sahifalarida noto‘g‘ri talqin qilingani bildirgandi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga ma’qullash uchun yuborilgandi. Qonun bilan pedagoglarning kuz-qish davrida va bayram kunlarida ta’lim tashkilotida navbatchilikka jalb etishga yo‘l qo‘yilmasligi ham nazarda tutilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »