Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda amaldorlarning maoshini 85 ming tengega (182 dollar) pasaytirish bo‘yicha petitsiya paydo bo‘ldi. Elektron talab uch kun oldin alash.online saytida ishga tushirilgan va hozirda 17 mingdan ortiq imzo to‘plagan.

Ayni paytda petitsiyaga salkam 100 kishi qarshi chiqqan.

Foto: “Diapozon”
“Biz Qozog‘iston xalqi barcha mansabdor shaxslarning (hokimlar, vazirlar, deputatlar va boshqalar) ish haqini 85 ming tengega (182 dollar) kamaytirishni talab qilamiz. Ular bir kishi oyiga 85 ming tengega (182 dollar) yashashi mumkin, demoqda. Oyiga 85 ming tenge evaziga yashashi mumkin ekan, ularga bunchalik yuqori maosh to‘lash noo‘rin. Qolgan mablag‘ni qozog‘istonliklarning dolzarb muammolariga yo‘naltirish mumkin”, — deyiladi murojaatnomada.

Petitsiyani yaratishga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Oljas O‘rdabayevning Qozog‘istonda oyiga 85 ming tenge (182 dollar) maosh bilan yashash mumkinligi haqidagi so‘zlari sabab bo‘lgan.

Aholi hokimlar, vazirlar, deputatlarga yuqori maosh to‘lash o‘rniga davlat nafaqalarini oshirish, imtiyozli ipoteka va avtokreditlarni moliyalashtirish, mablag‘larni yo‘llar va infratuzilmani ta’mirlashga yo‘naltirish, uysizlar uchun oshxonalar ochishni talab qilmoqda.

Shu bilan birga, o‘tgan oy qozog‘istonlik deputat Sergey Ponomarevning o‘g‘li ijtimoiy tajriba o‘tkazdi. Gleb Ponomorev Qozog‘istonda eng kam ish haqi 70 ming tenge (150 dollar) ga yashash mumkinmi yoki yo‘qligini tekshirishga qaror qildi. Natijada tegishli pul miqdori 13 kunda tugadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »