Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Florida shtatida qutqaruv vertolyoti turar joy binosi ustiga qulab tushdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi, deb yozmoqda New York Post.

 
 
Foto: Skrinshot

Qayd etilishicha, voqea 28-avgust kuni ertalab Pompano-Bichda, vertolyot xizmat chaqiruvi bilan uchib kelganida sodir bo‘lgan.

Brovard okrugi sherifining yong‘in va qutqaruv xizmati shifokori, 50 yoshli kapitan Terrison Jekson hamda vertolyot qulagan uyning bekasi halok bo‘lgan.

Yaradorlar, jumladan, ikki o‘t o‘chiruvchi va ikki aholi vakili kasalxonaga yotqizilgan. Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q.

Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Avval Michigan shtatidagi aviashouda MiG-23 qiruvchi samolyoti manyovr paytida halokatga uchragandi. Samolyot uchuvchisi va yo‘lovchisi omon qolgan, ular katapulta vositasida irg‘ib chiqib, parashyut bilan sakrashga muvaffaq bo‘lgan. Samolyotning o‘zi turar joy yaqinidagi avtoturargohga qulagan.

Iyul oxirida Gretsiyada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirayotgan samolyot halokatga uchragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »