Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Issiqko‘ldagi 15 ta pansionat uzoq muddatli ijaraga berilishini aytdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

 
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
 

Japarovning tushuntirishicha, bu obyektlar davlat yoki davlat idoralariga tegishli, biroq anchadan beri ishlamayapti. Shu sababli ularni 49 yilga ijaraga berish ko‘rib chiqilmoqda.

“Marhamat, oling. Uch-besh yulduzli mehmonxonalar quring va ishlang. Sarmoyangiz qisqa vaqt ichida o‘zini oqlaydi, deyishdan yiroqman, lekin 49 yildan keyin 3-4 barobar ko‘p foyda qaytib kelishiga ishonchim komil. Nega davlat puliga mehmonxona qurib bo‘lmaydi, deb so‘ragan fuqarolarni eshitdim.
Davlat puli bor, Xudoga shukur, siz amalga oshirilayotgan ishlarga guvohsiz. Biroq budjet mablag‘larini uzoq muddatli biznesga investitsiya qilish tavsiya etilmaydi. Biz hammasini hisob-kitob qildik, shuning uchun qurmaymiz”, — dedi Japarov.

U bu taklifga qiziquvchilarni Davlat mulki agentligiga murojaat qilishga chaqirdi. Faqat bitta talab bor: ijara uchun pansionat olgan investor darhol qurilishni boshlashi kerak.

“Pulingiz bo‘lsa, ikki yilda hashamatli mehmonxona qura olasiz. Ijaraga olib, ishni 5-10 yilga qoldirib bo‘lmaydi. Subijaraga ham taqiq qo‘yiladi”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

O‘zbekistonning Issiqko‘ldagi sobiq pansionatlari

2016-yilda Temir Sariyev boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati Issiqko‘lda O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan to‘rtta pansionat: “Rohat-NBU” (keyinchalik (Altin-Jay deb o‘zgartirildi), “Oltin qum” (keyinchalik Bosteri), “Dilorom” (keyinchalik Ene-say) va Bo‘ston (nomi saqlanib qolgan) pansionatlarini milliylashtirishga qaror qildi.

O‘zbekiston holat yuzasidan AQSHdagi xalqaro arbitrajga da’vo arizasi berdi. Toshkent qirg‘iz tomonini sobiq SSSR davlatlari o‘rtasida Ittifoq parchalanganidan keyin boshqa respublika hududida qolib ketgan obyektlardan foydalanish bo‘yicha 1992-yilda imzolangan kelishuvni buzgan, deb hisoblaydi.

2017-yil dekabrida Sapar Isoqov boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati Bishkek to‘rtta pansionatni O‘zbekistonga berishga qaror qilgani, biroq yerni o‘zida saqlab qolayotgani haqida xabar berdi. Buning evaziga O‘zbekiston pansionatlarga sarmoya kiritishi va xalqaro arbitrajdan da’vosini qaytarib olishi kerak edi. Ammo tomonlar o‘rtasida kelishuv imzolanmagani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »