Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tashabbusli budjet”ning 2023-yil ikkinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berish 27-avgustdan boshlangandi. Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilganiga izoh berildi.

Foto: Open budjet portali

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborotiga ko‘ra, ovoz berishda texnik muammolar kuzatilayotgani bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan ayrim eʼtirozlar bildirildi.

Ushbu holat ovozlar sonini sunʼiy ravishda ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga keldi. Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qo‘yilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar ro‘y berdi.

“Hozirda barcha zaruriy texnik choralar ko‘rilib, axborot portali faoliyati mo‘’tadillashtirilganini maʼlum qilamiz” — deyiladi xabarda.

Ushbu mavsum doirasida respublika bo‘ylab jami 49,5 mingta loyiha ilgari surilgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Surxondaryo bo‘yicha – 12,3 mingta, Toshkent shahrida 4,0 mingta, Qashqadaryo viloyatida 3,6 mingta va Farg‘ona viloyatida 3,4 mingta loyiha ilgari surilgan.

Joriy mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan jami 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Ovoz berish jarayonlari 16-sentabrgacha davom etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »