Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainada beshta asosiy sababga ko‘ra, urush davrida saylov o‘tkazish mumkin emas. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

 
Foto: France24
 
“Birinchidan, bizda haqiqatan ham harbiy holat mavjud. Ikkinchidan, frontda bo‘layotgan voqealarga aloqador millionlab odamlar bor. U yerda saylovlarni tashkil etish deyarli mumkin emas. Prezident bu haqda aniq aytdi — xandaqda o‘tira oladigan kuzatuvchilar bormi”, — dedi Podolyak.

Ikkinchi sabab, deydi siyosatchi, Rossiyaning doimiy hujumlari, bu odamlar xavfsizligini ta’minlashni qiyinlashtiradi. Uchinchi komponent — tashviqot.

“Qanday qilib saylovoldi tashviqotini olib borish kerak? Bizda shartnoma asosidagi emas, safarbar qilingan armiya bor. Odamlar o‘z nomzodini ilgari surishga, ma’lum bir tadbirlarni amalga oshirishga haqli. Biz ularning huquqlarini qanday ta’minlay olamiz?” — dedi u.

Yana bir sabab, vaqtinchalik hududidan ko‘chirilganlar sonining ko‘pligi.

“Bu hatto jahon tashkilotlari gapirayotgan 7 million emas, agar ichki ko‘chirilganlarni ham olsak, 14 milliondan oshadi. Qanday qilib saylovchilarni qisqa vaqt ichida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?” — ta’kidladi Podolyak.

 Ukraina rasmiysi oxirgi sabab saylovlarni o‘tkazish xarajatlari masalasi ekanini qayd etdi. Podolyak kelgusi yilda Ukrainada saylovlarning o‘tkazilishi frontdagi vaziyatga bog‘liqligini bildirdi.

Maʼlumki, 29-oktabr kuni Ukrainada Oliy Radaga saylovlar bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq harbiy holat davrida qonunan bunga yo‘l qo‘yilmaydi. 2024-yilning mart oyida esa Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi kerak.
 
Bir hafta oldin amerikalik senator Lindsi Grem Ukrainada harbiy holat joriy qilinganiga qaramay, saylovlar 2024-yilda o‘tkazilishi kerakligini aytgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa urush paytida saylov o‘tkazish uchun davlat budjetidan pul ololmasligi, saylovlar faqat g‘arbning puliga o‘tishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »