Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi ko‘plab muhokama va munozaralarga sabab bo‘lib keladi. Iqtisodchi va Yevropa Ittifoqi maslahatchisi doktor Lourens (Rui) Dang “Daryo”ga bergan intervyusida O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilgan taqdirda qo‘lga kiritiladigan imkoniyatlar va duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida gapirdi.

 

 “Daryo” muxbiri Toni Kryuger va doktor Dang O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini muhokama qildi

 
Foto: “Daryo”

Mart oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan ishchi partiyaning so‘nggi yig‘ilishi O‘zbekistonning JST aʼzoligiga yaqinlashayotgani haqida signal berdi.

“Hukumat JSTga a’zo bo‘lishni, ayniqsa, 2020-yildan keyin eng ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan”, — deydi Dr.Dang.

Iqtisodchi O‘zbekiston hukumatining muzokaralar jarayonini tezlashtirishga siyosiy tayyorligi yuqori darajada ekanini qayd etdi.

Biroq oldinda muammolar ham mavjud. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston o‘zining ichki qonunchiligini JST qoidalariga, xususan, xorijiy mahsulotlarning mahalliy bozorga kirishi va intellektual mulkni himoya qilish sohalariga moslashtirishi zarurligini taʼkidlagan.

“Eng katta to‘siqlardan biri shundaki, O‘zbekiston chet el kompaniyalariga qanday qilib adolatli munosabatda bo‘lish borasida kelajak yo‘l xaritasini taqdim etishi kerak”, — dedi doktor Dang.

Shu bilan birga, mamlakatning xorijiy, ayniqsa, Xitoy va Rossiya kabi yirik savdo hamkorlari bilan savdo munosabatlari yaxshilanishi kutilmoqda.

“Agar O‘zbekiston JST oilasiga qo‘shilsa, bu asosiy savdo hamkorlari bilan o‘zaro savdo-sotiq uchun katta rag‘batga aylanadi”, — dedi mutaxassis.

U, shuningdek, Xitoydan kiritiladigan sarmoyani, xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yangi temiryo‘l qurilishi hisobidan oshirish imkoniyatlarini ta’kidlab o‘tdi.

 
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li yangi savdo imkoniyatlarini taklif qilmoqda
 
 
Foto: Sinxua

A’zolikning O‘zbekiston ichki bozoriga ta’siri haqida so‘ralganda, doktor Dang bu boradagi ayrim muammolarni keltirdi.

“Davlat kompaniyalari ko‘p va ulardan ba’zilari davlat subsidiyalarini oladi, bu JST qoidalariga zid keladi. JST qoidalariga moslashtiriladigan ichki huquqiy o‘zgarishlar katta muammo bo‘ladi, lekin bu yaxshi imkoniyat ham”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Dr.Dang jarayonning strategik xususiyati va puxta tayyorlangan rejalar zarurligini ta’kidladi.

“Bu shaxmat o‘yiniga o‘xshaydi; ehtiyot bo‘lish kerak. Ayniqsa JSTga a’zo bo‘lish kabi muhim qarorlar qabul qilishda yaxshi tayyorgarlik ko‘rish kerak”.

U, shuningdek, JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklari, jumladan, texnologiyalar transferi va mutaxassislarni iqtisodiy rivojlangan davlatlarga o‘qitishga jo‘natish osonlashishini ta’kidladi.

“JSTga a’zo bo‘lishning kelajakdagi istiqbollari O‘zbekiston iqtisodiyotiga katta foyda keltirishi va O‘zbekistonda yuqori texnologiyali tarmoqlarning kelajakdagi rivojiga katta hissa qo‘shishi mumkin”, — deya xulosa qildi doktor Dang.

JSTga a’zo bo‘lish yo‘li uzoq va qiyinchiliklarga boy bo‘lishi mumkin, ammo doktor Dang ta’kidlaganidek, potensial imtiyozlar O‘zbekistonga katta imkoniyatlar olib kelishi mumkin, bu savdo aloqalaridan tortib, yosh avlod uchun ish o‘rinlari yaratishgacha bo‘lgan barcha sohaga ta’sir qilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »