Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikistonda 27-avgust kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sel va ko‘chki kelishiga sabab bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 kishiga yetdi.

 
Foto: Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi
 

Dastlab 13 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari 21 kishini tashkil qilmoqda. Jumladan, Vahdat shahrida 17 kishi, Rudakiy va Varzob aholi punktlarida esa jami to‘rt kishi halok bo‘lgan. Ular orasida 40 kunlik chaqaloq ham bor.

Vahdat shahrini tiklash ishlari uchun Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi hisobidan 3 tonna, Hisor shahriga 2 tonna dizel yoqilg‘isi ajratilgan.

Hozirda Vahdat—Romit avtomobil yo‘li to‘liq loy va toshlardan tozalanib, harakatlanish tiklangan. Voqea joyida mahalliy favqulodda komissiyalar ishlamoqda va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »