Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

KXDR 2-sentabr kuni Sariq dengiz tomon bir nechta qanotli raketalar uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Anadolu

Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, bu mahalliy vaqt bilan shanba kuni ertalab soat 04:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Seul AQSH bilan birgalikda Shimoliy Koreya raketalarini uchirish tafsilotlarini tahlil qilayotganini ma’lum qildi.

“Harbiylarimiz monitoring o‘tkazmoqda va ogohlikni oshirdi, Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikda to‘liq shay holatni egallagan”, — deyiladi xabarda

31-avgust kuni Shimoliy Koreya rasmiylari butun Janubiy Koreyadagi nishonlarga yadro kallaklari bilan raketa zarbalari berish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilganini e’lon qildi. Pxenyan buni B-1B strategik bombardimonchi samolyotlari ishtirok etgan Janubiy Koreya va AQSH armiyalarining 11 kunlik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javob deb atagan. Bu harakatlar KXDR tomonidan “ AQSH tomonidan profilaktik yadroviy zarba berish rejalariga teng qadam” sifatida baholangan.

The New York Times gazetasining yozishicha, Moskva KXDR bilan aloqalarni faol ravishda mustahkamlamoqda. Shu tariqa, 2022-yilda Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Shimoliy Koreyadan qisqa masofali raketalar va artilleriya snaryadlarini sotib olishni boshlagan. Shu bilan birga, Rossiya urushda texnika va o‘q-dorilarni yo‘qotgani hamda G‘arb sanksiyalari tufayli KXDR kabi davlatlardan yordam so‘rashga tobora ko‘proq majbur bo‘lyapti, deb ta’kidlagan AQSH Moliya vazirligi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »