Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya atom energiyasidan foydalanishga qaytmaydi, dedi kansler Olaf Shols Deutschlandfunk radiosiga bergan intervyusida.

Foto: Global Look Press
“Germaniyadagi yadroviy energiya muammosi — o‘lik ot. Atom elektr stansiyalarini qurmoqchi bo‘lgan kishiga 15 yil vaqt kerak bo‘ladi va bitta AES uchun 15 milliard yevrodan 20 milliard yevrogacha mablag‘ sarflash zarur”, — dedi Shols.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda yadro energetikasi “tugatilgan” va bundan keyin foydalanilmaydi.

Nemis tilida Ein totes Pferd reiten iborasi mavjud bo‘lib, u tom ma’noda “o‘lik otga minish” deb tarjima qilinadi. Bu uzoq istiqbolda o‘zini oqlamaydigan ishga kuch sarflashni anglatadi.

Joriy yilning aprel oyida Germaniyada mamlakatda ishlayotgan so‘nggi uchta AES o‘chirildi. Shu tariqa mamlakatda tinch atom energiyasining 60 yillik tarixi yakunlandi. Germaniyada AES qurilishiga qarshi birinchi norozilik namoyishlari 1970-yillarda boshlangan, 1998-yilda mamlakatning Sotsial-demokratik partiyasi (SPD, Shols uning aʼzosi) va Yashillar o‘z oldiga atom energiyasidan voz kechishni maqsad qilgan. 2002-yilda bu qonun bilan mustahkamlangan.

AESdan voz kechish to‘g‘risidagi yakuniy qaror kansler Angela Merkel hukumati tomonidan 2011-yilda Yaponiyadagi “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi halokatdan keyin qabul qilindi. Oxirgi nemis stansiyalari 2022-yilda yopilishi kerak edi, biroq Ukrainadagi urush va energetika inqirozi tufayli reaktorlarni to‘xtatish joriy yilning bahoriga ko‘chirildi.

Mamlakatda energiya inqirozi hamon davom etmoqda, shuning uchun ayrim siyosatchilar aprel oyida ishi to‘xtatilgan uchta stansiyani buzmaslikni va hatto yangilarini qurishni yoqlab chiqmoqda. Shols esa mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qayta tiklanadigan manbalar bilan qondirish tarafdori.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »