Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ma’lum qilinishicha, Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etgan to‘rt nafar o‘quvchidan ikki nafari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ular:

  • Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;
  • Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Prezidentning “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar BHMning 200 baravari (66 million so‘m), ustozi 150 baravari (49,5 million so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘zbekisonlik o‘quvchilar 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »